Samarqand viloyati mintaqaviy filiali



Yüklə 129,72 Kb.
səhifə7/9
tarix25.03.2023
ölçüsü129,72 Kb.
#89932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish

XULOSA VA TAVSIYALAR:
O`zbekistonda mahalla institutini yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan siyosat oqilona olib borilishi natijasida yildan yilga uning huquqiy asoslari mustahkamlanib, vakolatlari kengayib jamiyatdagi o`rni va nufuzi ortib bormoqda.
Shu bilan birga, mamlakatimizda mahalla tizimida aynan aholining, jamoatchilikni faolligini oshirish bo`yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish tobora muhim ahamiyatga ega ekanligi kuzatilmoqda.
Fuqarolar o`zini o`zi boshqarishining hududiy birliklari va tizimi sifatida shaharchalar, qishloqlar, ovullar, mahallalar xalqimiz qiyofasini belgilovchi mezondir. Mahalla azaldan maslahatlashib ish tutish, birlik, ahillikning manbai bo`lib kelgan. Oiladagi noxush yoki xushxabardan birinchi bo`lib xabar topadigan, hamdard va malham bo`ladigan ham mahalladir. Oila tinchligi mahallaning, mahallaning tinchligi esa yurtning tinchligiga tayanch ekanligi oynadek ravshan. Ushbu tizimda faoliyat olib borayotgan mas`ul xodimlar ijtimoiy iqtisodiy islohotlarning, siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi va tashkilotchisidir.
Mazkur malakaviy ishning “Mahalla - ijtimoiy institut sifatida” deb nomlangan birinchi bobida O`zbekistonda ijtimoiy institutlarning kelib chiqishi, mohiyati va mazmuni, Shuningdek fuqarolar yig`inlarining jamiyat taraqqiyotidagi o`rniga alohida ahamiyat qaratildi. “Mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni amalga oshirish mexanizmlari va hamkorlik munosabatlari” nomliikkinchi bobida mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishning mexanizmlari, zarurati hamda ushbu jarayonda—jamoatchilikkomissiyalarining o`rni, Shuningdek, Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bilan davlat va jamoat tashkilotlarining o`zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yo`nalishlari ochib berildi.
Yuqoridagidagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, ushbu malakaviy ishda o`rganilgan mavzu bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga aynan mos keladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish, turmush darajasini yaxshilash, extiyojmand oilalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning bosh maqsadi hisoblanadi. Aholi turmush farovonligining muhim omili hisoblangan tadbirkorlik, oilaviy biznes va hunarmandchilik, kasanachilikni rivojlantirish hamda aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash borasidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish doimo diqqat markazimizda bo`lishi va aniq chora-tadbirlar asosida amalga oshirib borilishi bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Davlatimizda olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqib, quyidagi tavsiyalarni berish mumkin.
- “Mahalla", jumladan, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini qonunchilikda belgilangan vakolatlarini to`laqonliro`yobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlarini yaratish;
- jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish;

  • mahallalarda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vazifalarining ijrosini ta`minlash, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni bevosita joylardan olishda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kengaytirish;

  • davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari rolini yanada oshirish;

  • har chorak yakuni bo`yicha mahalliy hokimlik organlari, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlarining aholini mahalla olidadagi hisobdorligini qatiy yolga qo`yish;

  • aholi, birinchi navbatda yoshlarning mahalla ishida faol ishtirokini ta`minlash, maqsadida ta`lim muassasalarida “Mahalla" instituti va uning faoliyat yo`nalishlari bo`yicha fanlarni mashg`ulot sifatida okazilishini joriy qilish;


Yüklə 129,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin