Samarqand viloyati mintaqaviy filiali


I BOB. MAHALLA - IJTIMOIY INSTITUT SIFATIDA



Yüklə 129,72 Kb.
səhifə3/9
tarix25.03.2023
ölçüsü129,72 Kb.
#89932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish

I BOB. MAHALLA - IJTIMOIY INSTITUT SIFATIDA.

  1. Ijtimoiy institutlarning kelib chiqishi, mohiyati va mazmuni.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish yo`lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni butun jahon ko`rib turibdi va sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik nafaqat Respublikamizda, balki jumlai jahonda keng e`tirof etilmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishda faollik ko`rsatmoqdalar, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta`minlashga ko`maklashmoqdalar.
Darhaqiqat, tinchlik, osoyishta turmush, barqarorlik mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan ulkan zafarlardan biridir. Zero, fuqarolik jamiyatini barpo etishning zarur shartlaridan biri ham barqarorlik, tinchlik, osoyishtalikni ta`minlash va kafolatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik muhitini ta`minlash uchun muhim poydevor bo`ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947 sonli Farmoni bilan 2017- 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishibo`yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu Farmon bilan O`zbekiston Respublikasining har tomonlama rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi desak mubolag`abo`lmaydi. Chunki Farmonda davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning farovon turmushini ta`minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilangan bo`lib, ularni amalga oshirishda davlat va Fuqarolik jamiyatining barcha institutlari oldiga ustuvor vazifalar qo`yildi.
O`tgan davr mobaynida bu borada ko`plab ishlar amalga oshirilgan bo`lishiga qaramasdan oldimizda turgan vazifalar ham anchagina. Xususan, gap fuqarolik jamiyatini shakllantirish to`g`risida ketar ekan, Shuni alohida ta`kidlash joizki, kishilarning ongi va tasavvuridagi “fuqarolik jamiyati”, “fuqarolik jamiyati institutlari” singari tushuncha va tasavvurlarini yanada kengaytirish va boyitish bilan birga, bizningcha, tiniqlashtirish ham zarur. Gap shundaki, ushbu tushunchalar keyingi paytda tez-tez takrorlanayotgan bo`lsa ham, aslida ular yangi tushunchalar emas. Chunkiinsoniyatpaydo bo`lgandan buyon fuqarolik jamiyatiga xos bo`lgan unsurlar ham mavjud bo`lib, yashab kelmoqda va uni rivojlantirish uchun harakat qilinmoqda. Boshqacha qilib aytganda fuqarolik jamiyati insoniyat yaratgan eng qadimiy sivilizatsiyalardanbiridir. Biroq bunda eng asosiysi fuqarolik jamiyatiga xos bo`lgan munosabatlarni shakllantirish darajasiga qay darajada e`tibor qaratilganligi va ushbu vazifaning uddalanganligidir. Tom ma`noda yurtimizda bu masalaga konseptual vazifa sifatida munosabatda bo`linayotganligi mazkur masalaga odamzot taraqqiyoti davomidagi boshqa yondashuvlardan tubdan farq qiladi.
Jamiyatdagi u yoki bu masalalarni hal etish maqsadida faol fuqarolarning tashabbuskorligi asosida tuzilgan uyushma va tashkilotlar, guruh va birlashmalar kabilarning yig`indisi fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasiga kiradi. Binobarin, fuqarolik jamiyati institutlari aholini faol turmush kechirishga undaydigan, yon-atrofda mavjud bo`lgan vauchrayotgan muammolarga nisbatan befarq va loqayd munosabatda bo`lmaslikka, davlat tashkilotlari hal qilishi qiyin bo`lgan yoki ularning e`tiboridan chetda qolayotgan ushbu muammolarning munosib yechimini topishga va bu bilan esa butun jamiyat ravnaqi va rivojini jadallashtirishga yordam beradigan tashkilotlardir.
Davlat esa bunday institutlarning tashkil topishi va faoliyat yuritishidan hamisha manfaatdordir, Chunki ular jamiyat rivoji va taraqqiyoti bilan bog`liqbo`lganko`plab muammolarni hal qilishda davlatga yaqindan ko`maklashadilar.
Bugungi kunga kelib mamlakatimiz miqyosida 9000 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritayotgan ekan, ular minglab masalalarni hal qilishda davlatga yaqindan ko`maklashmoqda. Bunda davlatning asosiy vazifalari, birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat yuritishi uchun zarur bo`lgan qonunchilik asoslarini yaratish va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish, ikkinchidan esa, ularni moliyaviy jihatdan rag`batlantirish va qo`llab - quvvatlashdan iboratdir.
Birgina Fargona viloyatida bugungi kunda hisob ro`yhatidan o`tgan nodavlat notijorat tashkilotlarining umumiy miqdori 794 tashkil qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ko`plab muammolarni hal etishda mahalliy hokimiyatga yordam bermoqda. Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash, kochalarni keraksiz chiqindilardan tozalash, kishilarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma`rifiy, tibbiy, ekologik ongi va tasavvurlarini shakllantirish va boyitish kabi masalalarda bir qator ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Ushbu maqsadda aholining turli qatlamlari o`rtasida xilma-xil tadbirlar, uchraShuvlar, o`quv-seminarlar muntazam ravishda
tashkillanmoqda.
Gap fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi to`g`risidaketar ekan, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish institutlari faoliyati va uni yanada takomillashtirish masalalari to`g`risida alohida toxtalib o`tish joizdir. Zotan, mustaqil O`zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvining asosiy maqsadi - kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o`tishdan iboratdir.“Buning ma`nosi Shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, Ya`ni“o`zini o`zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”.
Haqiqatdan ham xalqimiz hayotini o`zini o`zi boshqarishning betakror shakli bo`lgan mahallasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Asrlar davomida milliy urf - odatlarimiz, an`analarimiz, rasm - rusmlarimiz, qadriyatlarimiz mahallada sayqal topib, avloddan - avlodga yetib kelyapti. Kishilarni uyushtirish, ularni ezgu maqsadlar sari undash, milliy taraqqiyot g`oyalari atrofiga birlashtirishda mahallaning o`rni beqiyosligicha qolmoqda.
Shu ma`noda mahalla xalqimizning bag`rikenglik va odamiylik fazilatlarini to`liq namoyon eta olishi uchun betakror makondir. Mahallaga xos bo`lgan jamiki jihatlar asosida aslida insonga va jamiyatga nisbatan buyuk hurmat tuyg`usi mujassamlashgan.
Shubhasiz, mahalla institutini har tomonlama rivojlantirish uchun bu boradagi qonunchilikni takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega.
Ayni paytda har bir mahalla ahlida o`ziga xos bo`lgan fazilatlardan faxrlanish, g`ururlanish tuyg`usi yuqori ekanligiga ham duch kelasiz. Bu esa o`z navbatida ushbu ijtimoiy institut jamiyatimiz turmushida o`z vazifasini muvaffaqiyat bilan ado etayotganligini aks ettiradi.
Viloyatdagi o`zini o`zi boshqarish organlari vazirliklar, mahalliy hokimliklar va “Nuroniy”, “Ekosan”, “Bolalar sportini rivojlantirish" jamg`armalari, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo`mitasi, Respublika ma`naviyat-targ`ibot markazining joylardagi bo`limlari singari bir qator jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Natijada ular tomonidan mahallalar faoliyatini rivojlantirish, fuqarolar o`rtasida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, milliy g`oya va mafkura, ma`naviyat va ma`rifat, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, aholi salomatligini himoyalash, fuqarolarga mehr-muruvvat ko`rsatish, mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish kabi masalalarda tizim xodimlariga yaqindan yordam ko`rsatilmoqda.
Malumki, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda siyosiy partiyalarning faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil rivojlanish davrida mamlakatimizda ushbu masalaga ham katta e`tibor qaratilmoqda. Bunda, albatta, davlatimiz rahbarining nutq va ma`ruzalarida ko`ppartiyaviylik fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim va muqarrar sharti ekanligi, buning oqibatidagi sog`lom siyosiy raqobat uning asosiy omili ekanligiga alohida urg`u berilganligini ko`rish mumkin.
2008 yil boshidan buyon amaliyotga joriy qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g`risidagi Konstitutsiyaviy Qonun ham keyingi yillar mobaynida O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda favqulodda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Ko`ppartiyaviylik ham fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismidir.Chunki aynan ko`ppartiyaviylik jamiyatda faoliyat ko`rsatayotgan turli ijtimoiy- siyosiy guruhlarning manfaatlari, maqsad-muddaolari, niyatlari hamda ehtiyojlarining ro`yobga chiqishi uchun tegishli zamin yaratib beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat boshqaruvini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan parlamentimiz deputatlari xalqimizning eng ishonganvakillaridir.
Ko`rinib turibdiki, mamlakatimizdashakllanayotgan fuqarolik jamiyatini qaror toptirish va rivojlantirishda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va boshqa demokratik institutlarning roli va ahamiyati yuksakdir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning ro`yobga chiqishi ham ko`p jihatdan ushbu institutlarning samarali hamkorlikda faoliyat ko`rsatishiga bog`liq.
Aholining keng qatlamlari manfaatlarini ifodalaydigan fuqarolik jamiyati institutlari o`rtasida o`zini o`zi boshqarish tizimining xalqimizga xos va mos noyob tuzilmasi hisoblangan mahalla alohida o`ringa ega. Mahalla necha asrlik tarixga ega bo`lsa ham, faqat O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyingina jamiyat hayotida o`zining munosib nufuzi va o`rniga ega bo`ldi. Mahalla O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta`rifi bilan aytganda, tom ma`noda “ona yurt ramzi” va “xalq vijdo`rni”ga, “ta`sirchan ijtimoiy fuqarolik idorasi” va “demokratiya darsxonasi”ga aylandi. Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi mamlakatimizning Bosh qomusiga kiritilib, konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlandi.

  1. Fuqarolar yig`inlarining jamiyat taraqqiyotidagi o`rni.

Dastlabki insonparvarlik g`oyalari zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lmish “Avestodan o`rin olgan. Unda to`rtta asosiy masalalar, Ya`ni insonlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi, inson huquqlarining ustuvorligi, xususiy mulk hamda insonlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faol ishtirok etishi alohida ajratib ko`rsatiladi.
Aynan “Avestoda ilk jamoaviylikning paydo bo`lishi va rivojlanishi, insonlarning jamoa bo`lib yashash tarzi, ular o`rtasidagi munosabatlar, jamoa hayotiga bog`liq masalalarni birgalikda hal etish, davlat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlar va boshqa shu kabi masalalar tartibga solingan.
Xalqimizning o`ziga xos an`ana va qadriyatlari asrlar osha yashab kelayotgan mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o`rni va ta`siri bugungi kunda yanada ortib bormoqda. Mahallalarning jamiyatdagi nufuzi va obro`sini oshirish, vakolatlarini kengaytirish, iqtisodiy barqarorligini ta`minlash, tarbiyaviy va ma`naviy ahamiyatini kuchaytirish davlatimizning doimiy e`tiborida.
Mahallaga e`tibor mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, davlatimiz siyosatining ustuvor masalasi sifatida qaralgan. Oila, mahalla, maktab uch birligi jamiyatimizning mustahkam zanjiri bo`lishi belgilangan. 1993 yil 2 sentabrda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risidagi Qonunining qabul qilinishi bejiz bo`lmagan. O`zbekiston Respublikasida muhim demokratik institut va fuqarolik jamiyatining asosi deb mahallaning e`tirof etilishi ham asoslidir.
Bugungi kunda “mahalla" institutining nufuzi oshib, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida birinchi bor uning huquqiy maqomi bayon etilishi va shu asosda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tizimining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratilishi mahallalar jamiyatimiz va davlatimiz tomonidanqo`llab- quvvatlaniyotganligining yorqin ifodasidir.
Mahalla fuqarolik instituti sifatida qator muhim ijtimoiy funksiyalarni bajarib, ijtimoiy aloqalarni kuchaytirishga, ijtimoiy guruhlarning tengligini saqlashga yordam beradi.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga oid huquqiy asoslar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, Prezidentimiz Qarorlari va Farmonlari, Shuningdek Vazirlar Mahkamasi Qarorlarida o`z aksini topgan.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyati kengayib borgani sayin jamiyatning, fuqarolarning ularga bo`lgan talabi oshib bordi, fuqarolar yig`ini raisi etib, eng munosib fuqarolarni saylash masalasi esa har doim dolzarb bo`lib keldi. Shu sababli ham fuqarolar yig`inlari raislari va ularning maslahatchilarini saylashga oid normalar rivojlantirilib, 2004 yilda ushbu masalada alohida “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi. Ta`kidlash lozimki, mazkur Qonun asosida tashkil etilgan vaO`tkazilgan 2006, 2008 va 2011 yillardagi fuqarolar yig`inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovlari fidoyi fuqarolarning mahalla raisi etib saylanishini ta`minladi hamda ushbu saylovlarni tashkil etishda davlat organlari va boshqa turli nodavlat tashkilotlarning o`zaro hamkorligini namoyon etdi.
O`tkazilgan saylovlarda boy amaliy tajriba to`plandi, Qonunning ko`plabilg`or tomonlari bilan birga, ayrim kamchiliklari ham namoyon bo`ldi. Bundan tashqari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shiddat bilan o`zgarib borayotgan zamon hamda ijtimoiy faolligi oshib borayotgan fuqarolarning orzu-umidlari fuqarolar yig`ini raisi va uning maslahatchilariga yangi-yangi talablarni qo`yadi. Shu sababli, ushbu Qonunni yanada takomiliga yetkazishga zarurat tug`ildi.
2013 yil 15 martda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2013 yil 28 martda Oliy Majlis Senati ma`qullagan yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida”gi Qonun 2013 yil 22 aprelda davlatimiz birinchi Prezidentitomonidan imzolanib, 23 aprelda matbuotda e`lon qilingan.
Ta`kidlash joizki,“Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to`g`risidagi yangi tahrirdagi Qonuni fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini mahalla oqsoqollariga qo`yilayotgan yangicha talablardan kelib chiqib qayta ko`rib chiqib ishlangan. Bunda fuqarolarning ijtimoiy faolligi, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari rolini yanada oshirishni ta`minlaydigan qoidalar kiritildi.
Jumladan, qonunda saylovlarni o`tkazishning asosiy yo`nalishi sifatida muqobillik prinsipi belgilangan. Bu - oz navbatida, fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida rais va uning maslahatchilariga ikki va undan ortiq nomzod ko`rsatilishi saylovlarning qonuniyligini ta`minlaydi.
Aynan mazkur yangi tahrirdagi qonun asosida 2016 yil may-iyun oylarida mahalla raislari saylovi o`tkazildi. Yangi tahrirdagi qonunga 2017 yil 14 sentabrda bir nechta o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Qonunda fuqarolar yig`inlari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari mustahkamlandi. Jumladan, unda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi; bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalar, yolgiz pensionerlar va nogironlarni aniqlashi; o`z hududida yashovchi fuqarolarning bandligini ta`minlashga ko`maklashishi bilan bog`liq normalar belgilangan.1
Shuningdek, ushbu qonun bilan fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga oz hududida tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va qonuniy manfatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko`rsatish tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo`yichaqo`shimcha vakolatlar berilib, ularning shakl va kafolatlari ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, unda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tegishli hududda tadbirkorlik, jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida maslahat markazlarini tashkil etishga haqli ekani belgilab qo`yildi. Xususan, uning 17- moddasiga binoan maslahat markazlari:

  • tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi bo`lgan, tegishli hududda yashovchi fuqarolarga iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik faoliyati va soliq to`g`risidagi qonun hujjatlari asoslarini o`rgatishbo`yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etadi, Shuningdek, ularga tadbirkorlik sub`ektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma`lumot berishi,

  • bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda yoshlarning tegishli hududda joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarga ishga joylashishiga, ularning ushbu korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek, hunarmandlarga biriktirilishiga ko`maklashishi;

  • tegishli hududdagi tadbirkorlik sub`ektlariga, jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik sub`ektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishda, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit olish uchun hujjatlarni tayyorlashda ko`maklashishi belgilangan.

Ushbu moddada, Shuningdek, maslahat markazlari faoliyatini tashkil qilishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolar yig`ini bilan hamkorligi haqidagi normalar ham o`z ifodasini topgan. Bir so`z bilan aytganda, qonunga kiritilgan yangi me`yorlar fuqarolarning o`zini o`ziboshqarish organlarining roli hamda vakolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Qonunning mazkur moddasi ijrosi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyot, moliya vazirliklari va Davlat soliq qo`mitalarining tegishli qarorlari bilan “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko`maklashish bo`yicha maslahat markazining namunaviy nizomi” 2013 yil 24 iyunda tasdiqlandi va 2013 yil 8 avgustda Adliya vazirligidan ro`yhatdan o`tkazildi. Mazkur namunaviy Nizom O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan kelishilgan. Nizomda maslahat markazining maqsad va vazifalari, tashkil etish tartibi, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.
Shu bilan birga o`tgan davr davomida fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan bir necha qaror va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi va takomillashib bormoqda. Jumladan,O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi VazirlarMahkamasining 1992 yil 17 noyabrdagi “Respublika “Mahalla” xayriyajamg`armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to`g`risida”gi 480-sonliQarori,O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 23 apreldagi“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini qo`llab quvvatlashto`g`risida”gi PF-1990-sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1999 yil 13 yanvardagi PF-2177-sonli “Aholini aniq
yo`naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta`minlashda fuqarolarning oziniozi boshqarish organlari rolini oshirish to`g`risida”gi Farmoni,O`zbekistonRespublikasi Oliy Majlisning 1999 yil 14 apreldagi (yangi tahrirdagi)“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risidagi O`zbekistonRespublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 759-I-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2001 yil 9 apreldagi“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga saylov o`tkazishni tashkiletish to`g`risida”gi 200-II-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2003 yil 7 fevraldagi “Obod mahalla yili" dasturito`g`risida”gi 70-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi Oliy MajlisiKengashining 2003 yil 6 oktabrdagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarishorganlariga saylov o`tkazishni tashkil etish to`g`risida”gi 544-II-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2004 yil 26 yanvardagi“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga saylov yakunlarito`g`risida”gi 590-II-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining2004 yil 29 apreldagi “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uningmaslahatchilari saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniniamalga kiritish haqida”gi 610-II-sonli Qarori,O`zbekiston RespublikasiPrezidentining 2012 yil 9 iyuldagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarishorganlari xodimlari mehnatini rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi PF-4451-sonli Farmoni,O`zbekistonRespublikasining 2004 yil 29 apreldagi “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) vauning maslahatchilari saylovi to`g`risida”gi 609-II-sonli Qonuni (yangitahriri),“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini mahalliy davlathokimiyati organlarida hisobga olish to`g`risida” Nizom (O`zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi 196-sonliqaroriga ilova),O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil30 sentabrdagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatinimuvofiqlashtirish bo`yicha respublika kengashini tashkil etish to`grisida”gi 267-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013yil 7 oktabrdagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatiniyanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`grisida”gi 274-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 10 oktabrdagi“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlarining malakasinioshirish bo`yicha o`quv kurslarini tashkil etish to`grisida”gi PQ-2050-sonliQarori,O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14dekabrdagi ““Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlariningmalakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi to`g`risida”gi nizomnitasdiqlash haqida”gi 328-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2013yil14 dekabrdagi “Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrihamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarifaoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha hududiy kengashlarining namunaviynizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash to`g`risida”gi 329-sonli Qarori,“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini yanadatakomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar Dasturi (O`zbekistonRespublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi PF-4944-sonli Farmoni”ga7-ilova),O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi“Mahalla iftixori” ko`kaknishonini ta`sis etish to`g`risida”gi PQ-3132-sonliQarori,O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17iyuldagi “Fuqarolar yig`inlari xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasibo`yicha haq to`lashning razryadlarini belgilash to`g`risida’gi 500-sonliQarori,O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31iyuldagi ““Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to`g`risida”ginizomni tasdiqlash haqida”gi 561-sonli Qarori,O`zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 620-sonli “Mahalla institutingning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat mulki ob`ektlaridan samarali foydalanishni ta`minlash to`g`risida”gi Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi“Fuqarolar yig`inining mas`ul kotibi faoliyatini yanada takomillashtirishto`g`risida”gi 895-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2017 yil 13 noyabrdagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o`zini o`ziboshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishto`g`risida”gi 940-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2017 yil 27 noyabrdagi “Fuqarolarning o`zini o`ziboshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish to`g`risida”ginizomni tasdiqlash haqidagi 944-sonli Qarori,O`zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi “Fuqarolarning o`zini o`ziboshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin qizlarbandligini ta`minlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarito`g`risida”gi 964-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarishorganlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibito`g`risida”gi namunaviy nizomni tasdiqlash haqidagi 7-sonli Qarori,O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi“Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 117-sonli qarorlari shular jumlasidandir.2
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017 yil
3 fevraldagi PF-4944 Farmoni fuqarolarning o`zini o`zi boshqarishorganlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yig`inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro`yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o`zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab, Mahalla instituti rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi.
Xususan, Farmonda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yonalishlari etib quyidagilar:
-fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o`rniva rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko`makdoshiga aylantirish;
-jamiyatimizda o`zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;
-yoshlarni ma`naviy boy va jismonan sog`lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta`minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo`llab- quvvatlash borasida fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o`zaro hamkorligini mustahkamlash;
-jamoat tartibi va xavfsizligini ta`minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;
-fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo`llash amaliyotini ta`minlash belgilandi:.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatinimuvofiqlashtirish bo`yichaRespublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yig`inlarining uyushmasi shaklida tashkil etish belgilandi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tuzilgan kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etildi.
Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi tomonidanko`rilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari e`tiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish bo`yicha ularning bevosita ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.
Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta`minlash, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo`yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi o`rinbosarlari bir vaqtning o`zida “Mahalla" fondining tegishincha respublika boshqaruvi hamda hududiy bo`lim va bo`linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo`llab-quvvatlandi.
Tuman (shahar) kengashlari o`z mulkiga, mustaqil balansiga, nomiga, banklardagi joriy va valyuta hisob raqamlariga, belgilangan namunadagi muhriga ega bo`ladi hamda Respublika Kengashining O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro`yhatdan o`tgan ramzidan foydalanishi belgilandi.
Shuningdek, Farmonda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko`p asrlik an`analariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qo`llab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo`yicha rais o`rinbosari, Shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma`rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo`yicha rais o`rinbosarlari lavozimlari joriy etildi.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta`minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig`ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig`ini raisining o`rinbosarlarini (fuqarolar yig`ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo`yichamaslahatchilarini), hududdagi profilaktikainspektorlarini, ta`lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning oz faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar yig`ini (fuqarolar vakillarining yig`ilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qo`yildi.
Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini qo`llab-quvvatlash borasida 37 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan Kompleks chora- tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Bu kompleks chora tadbirlar dasturida fuqarolar yig`ini faoliyati bilan bog`liq 15 ta normativ huquqiy hujjatlarga o`zgarishlar kiritildi.Bu esa o`z navbatida fuqarolar yig`inlari ish samaradorligini oshirilishiga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi №4944-sonli Farmonidan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir nechta qarorlari tasdiqlandi. Xususan,2017yil 14 aprelda ““Fuqarolar yig`ini to`g`risida"gi Namunaviy nizomga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida” 219-sonli qarori bilan fuqarolar yig`ini namunaviy nizomlari tasdiqlandi.
Tarkibida mahalla fuqarolar yig`ini bo`lgan qishloq yoki shaharcha fuqarolar yig`inlari tugatilib ularning aholi biriktirilgan qismida yangi MFYlar tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan MFYlar o`z nizomini ishlab chiqishi va “Yagona darcha" markazlaridan ro`yhatdan o`tishi, mos ravishda o`z nomi tushirilgan yumaloq muxri va burchakli shtampiga ega bo`lishi belgilandi.
Ma`lumki mahalla ishida aholi vakillarining bevosita ishtiroki, har bir masalani ko`pchilik muhokamasi va munosabati bilan hal etish eng muhim omil hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 iyuldagi №561-sonli qarori bilan “Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi nizom tasdiqlandi.
Fuqarolar yig`ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 621-sonli «Fuqarolar yig`ini huzuridagi «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi qaroriga asosan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha hududiy kengashlarga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha fuqarolar yig`inlari huzurida «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmalarining tashkil etilishini hamda tasdiqlangan namunaviy nizom asosida ushbu jamoatchilik tuzilmalarining nizomlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta`minlashi belgilandi.
Shu bilan birga mahallada faoliyat olib borayotgan har bir xodim faoliyatini samarali tashkil etish va bu lavozimlarga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadidava Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 oktabrdagi “Fuqarolar yig`inining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi to`g`risida”gi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqidagi 805-sonli qarori, 2017 yil 7 noyabrdagi “Fuqarolar yig`inining mas`ul kotibi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 895-sonli qarorlari qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 noyabrdagi «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 944-sonli qarori bilan fuqarolar yig`ini raisi va xodimlarining ish tartibi qirq soatlik va olti kunlik ish haftasiga o`zgartirish, fuqarolar yig`ini faoliyatini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari inobatga olinib, ish vaqtining jamlangan hisobi yuritiladi va ish kuni soat 7-00dan22-00 gacha taqsimlab, yig`ini raisi (oqsoqoli) va xodimlarining ish jadvali ularning bevosita fuqarolar yig`ini binosida bo`lish vaqti ko`rsatilgan holda umumiy ko`rinadigan joyda osib qoyilishi talab etiladi. Bu holatMahallatomonidan aholiga uzliksiz ijtimoiy xizmatlar ko`rsatilishini ta`minlaydi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to`g`risida”gi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqidagi 7-sonli qaroriga asosan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika kengashi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlar tasdiqlanishiga hamda ularning oz faoliyatini ushbu nizomlar asosida tashkil etishiga ko`maklashishi belgilangan.
Ushbu Nizom «Jismoniyva yuridik shaxslarning murojaatlarito`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqfuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibini belgilab berdi.
Shu bilan birga Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yig`inlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy ko`maklashish, o`zarobog`liqbo`lgan vazifalar ijrosini to`laqonli ta`minlash tizimini shakllantirish hamda o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 117-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan uslubiy-amaliy ko`maklashishning asosiy yo`nalishlari belgilandi. Jumladan, jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida ularning tashabbuskorligini oshirishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etish;
-mahallalarda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vazifalarining ijrosini ta`minlash, ular tomonidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni bevosita joylardagi fuqarolardan olishda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kengaytirish;
-davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik tuzilmalari rolini oshirish;
-mahallalarda yuzaga kelayotgan turli muammolarni aniqlash, ularning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish va bartaraf etishda jamoatchilik tuzilmalari imkoniyatlarini samarali ro`yobga chiqarish kabilardir.
Ta`kidlash joizki, mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar va faollar mamlakatimiz rahbarining doimiy e`tiborida bo`lib kelmoqdalar.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi PQ-3132 qaroriga asosan “Mahalla iftixori” ko`kak nishoni tas`is etildi. «Mahalla iftixori» ko`kaknishoni bilan jamiyatimizda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining o`rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlash, millatlararo do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yig`inlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo`shib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadilar.
Ta`kidlash joizki fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo`lida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning davomiyligini ta`minlabgina qolmay, ushbu jarayonning jadallashuviga, islohotlarning chuqurlashuviga ham xizmat qiladi.
O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining yaqinda bo`lib o`tgan V hisobot-saylov konferensiyasida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”dan kelib chiqqan holda hamda 2012 yil — Mustahkam oila yili munosabati bilan istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olingandi. Konferensiyada birinchi marta “O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining 2012-2014 yillarga mo`ljallangan“Harakat rejasi” qabul qilindi. “Harakat rejasi”da, avvalo, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish vazifalari belgilab qo`yilgan. Ma`lumki, Konsepsiyada mahallalarning jamiyatdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida” va “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to`g`risida”gi qonunlarga tegishli qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish ko`zda tutilgan. “O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining Harakat rejasida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari rolini hamda aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, jamiyatni ma`naviy-axloqiy rivojlantirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratilgan. Malumki, fuqarolar yig`ini raisligiga so`nggi saylovlarda oqsoqollarning deyarli 40 foizi ilk marta saylandi. Ularning va mahalla boshqa faollarining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun hujjatlari bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Umuman, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida mahalla faoliyatining tashkiliy asoslari tobora takomillashib, vazifalari ko`lami tobora kengayib bormoqda.
Ayni paytda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o`zaro munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish talab etiladi. Bu mazkur tuzilmalar xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, madaniy-ma`rifiy bilimlarini mustahkamlash, boshqaruv mahoratlarini oshirish zaruratini tugdirdi.

Yüklə 129,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin