1-rasm. Jamoatchilik komissiyalar faoliyati
Shuningdek komissiya a`zolari safiga ilk saylangan fuqarolarga fuqarolar yig`ini xodimlari doimiy amaliy yordam berishlari, ularni haqiqiy yordamchisiga aylanishi zarur. Vazifalarni bajarishda murakkablik emas, aksincha sodda va komissiya a`zosi qobiliyati va imkoniyatlari hamda aholining ehtiyoji, qiziqish va munosabatini hisobga olinib harakat qilish zarur.
Ma`lumki, komissiya faoliyatiga oid hujjatlar fuqarolar yig`ini raisi yoki mas`ul kotibida saqlanadi.Mas`ul kotiblar komissiyalar faoliyatiga oid hujjatlarni yuritilishida uslubiy yordam ko`rsatishi zarur.Komissiya a`zolari ichidan me`yoriy hujjatlar bilan ishlash ko`nikmasi shakllanguncha barcha hujjatlarni o`z vaqtida va sifatli yuritilishiga erishishda mas`ul kotibning uslubiy yordami muhim hisoblanadi.
O`z faoliyati davomida komissiya kollegial organ (ko`pchilik muhokama qilishi va ovozga qo`yilish)ligini inobatga olib komissiya yig`ilishlarida har bir a`zo`rning o`z fikri bilan ishtirok etishini ta`minlash muhim. Bu holat ha bir a`zoning o`z fikri bo`lishi, jiddiy yondashuvi va berilgan vazifani ma`suliyat bilan ijro etishiga olib keladi.
Aholining og`irini yengil qilishda eng xalqchil idora bo`lgan mahallada komissiyalar tarkibiga munosib shaxslarning jalb etilishi va faoliyatini tizimli yo`lga qo`yish fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining ishini samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois huquqiy-me`yoriy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalarga amal qilish ko`zlangan maqsadlarga erishishni ta`minlaydi.
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, fuqarolar yig`inlari huzuridagi asosiy faoliyat yo`nalishlari bo`yicha komissiyalar faoliyatini tartibga solib turuvchi nizomlar takomillashtirildi, tasdiqlandi. Endi faqat fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlari jiddiy yondashib, komissiya a`zolariga malakali yordam uyushtirish kerak bo`ladi.
“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qarori ham “Mahalla” deb atalmish institutning jamaiyatimiz hayotidagi asosiy bo`gin ekanligiga yaqqol misoldir.
Dostları ilə paylaş: |