15
NODONLIK-YOVUZLIK
Qadim yunon faylasufi Suqrotning aytishicha, dunyoda bitta ezgulik bor-
bilim. Bitta yovuzlik bor - nodonlik. Darhaqiqat, shunday: hayotda qanchaki ezgu
va oliyjanobliklar bo’lsa, bu bilim mevalaridir. Neki jaholat, tubanlik,
maydakashliklar bo’lsa- barchasi nodonlikka borib taqaladi.
Nodon qo’lida yarog’i yo’q jallod. Shuning uchun jahondagi barcha saltanat
qotillari xohlagan paytlarida nodonlarga qurol tutqizib, qon to’kib maqsadlariga
erishib kelganlar. Bugina emas, nodonlar yer yuzida bu qadar keng o’rin
egallashmaganida edi, dunyodagi har turli aldov va katta-kichik yolg’onlarning
“tegirmonlari” allaqachonlar barham topgan bo’lurdi. “Nodon do’stni do’st soniga
kiritma: aql shamini uning behuda afsonasi yeli bila o’chirma, -deydi Navoiy.
Biz, odatda, o’qishga hafsalasiz, savodi sustroq kishilarni nodonlar deyishga
moyillik sezamiz. Bu uncha to’g’ri emas. Qadimiy kitoblarda: ”Foydali ilm bilan
mashg’ul bo’lingiz, befoyda ilmdan saqlaningiz!”-deyilgan. Xo’sh, inson uchun
foydali ilm nima? O’zini oqil hisoblab yurgan bilag’onlarga shu savol bilan
murojaat
etib
ko’ring,
ularning
zukkoligida
naqadar
gumrohlik
mujassamlashganligini darrov payqaysiz. Balki ular A.Oripov aytganiday, “hadis-u
hisobdan” also adashmas. Balki boshlarida “aljabr usuli uyum va uyumdir”. Lekin
asosiy ilm yo’q ularda. Bu -Vatanni sevish ilmi. Buni o’tmishda “ Ilmu hubbul
Vatan” deb atashgan. Sevmoq uchun avval topmoq kerak. Ashaddiy nodonlar
vatanda bevatan bo’lganlar. Bundaylardan harqanday bedodlikni kutish mumkin.
Axir shundaylar emasmi ibn Sinoday buyuk zotning ruhini ezganlar. U yozgan edi:
O’zini dono bilgan bu uch-o’rt nodon,
Eshak tabiatini qilur namoyon.
Ular davrasiga qo’shil, eshak bo’l,
Bo’lmasa, kofir deb qilishar e’lon.
Manmanlik nodonlikning cho’qqilaridan. Bu ”cho’qqi”ga chiqqan odam
zaminni unutadi.
Qaysiki elda haqiqatning bag’ri t’ilinib, adolat ystunlari qulatilsa, biling: u
yurtda g’ofillar baland mavqelarni egallab olishgan. (194 so’z)
Dostları ilə paylaş: