17
Navro‘z Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining
yangi yil bayrami sanalib, 21-
mart kuni nishonlanadi.
Bu bayram O‘rta Osiyoda Islom dini o‘rnatilmasidan oldin ham
nishonlangan. Navro‘z haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar,
shuningdek, ilmiy
asarlar ham mavjud.
Jumladan, Umar Hayyomning (1048-1132) “Navro‘znoma” asarida
quyidagilarni o‘qiymiz: “Navro‘zning joriy
qilinishi sababini aytsak, u shundan
iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har yuz
oltmish besh kun - kecha - kunduzning to‘rtdan birida Hamal burjining birinchi
daqiqasiga chiqib ketgan paytining o‘zida yana qaytib
keladi va har yili bu davr
kamaya boradi.
Jamshid bu kunni tushunganidan keyin Navro‘z deb atadi va bayram qilishni
odatga aylantirdi…
Aytishlaricha, birinchi Ajam podshosi Kayumars podshoh bo‘lgandan keyin
yilining kunlari va oylariga nom berishga hamda odamlar bilsin deb yilnoma joriy
qilishga qaror qilgan, u tongda oftob Hamal burjining avvalgi daqiqasida kirgan
kunni aniqlab, Ajam mubadlarini yig‘di va yil hisobini
shu paytdan boshlashni
buyurdi”.
Mana shunday qadimiy bayram sobiq sho‘rolar tuzumi davrida deyarli
unutildi. Uni ta’qiqlab ham qo‘yishdi.
Shukurki, istiqlol bu ajoyib bayramni xalqimizga qaytarib berdi. Endilikda u
O‘zbekistonda bahor, mehr-muruvvat, do‘stlik
bayrami sifatida keng
nishonlanmoqda. (177ta so’z)
ABU NASR FOROBIY
Abu Nasr Forobiy IX asrning 70-yillarida Sirdaryo bo‘yidagi Forob
qishlog‘ida tug‘ildi. Forobiylar oilasi turkiy qabiladan edi. Forobiy Bag‘dodda
o‘qidi, arab, grek, yana bir necha tillarni mukammal o‘rgandi. Falsafa mantiq,
astronomiya,
matematika, tabobat va musiqa bilan shug‘ullandi. «Sharq Arastusi»
(Sharq Aristoteli) va Aristoteldan keyingi ikkinchi ustoz – «Muallim-as-soniy»
nomlari bilan shuhrat qozondi. Forobiy Aristotelning «Metafizika», «Fizika»,
«Meteorologiya» va boshqa asarlariga sharhlar yozdi. (Buyuk alloma ibn Sino ham
uning sharhlaridan foydalanganligini yozadi.)
Forobiyning falsafa, mantiq, matematika, fizika, kimyo, tabobat, tabiat
hodisalari, tilshunoslik, she'riyat, notiqlik san'ati, axloq, ta'lim-tarbiya
va boshqa
sohalarga oid asarlari keyinchalik boshqa tillarga ham tarjima qilinib, dunyoga
keng tarqalgan.
Forobiy 160 dan ortiq asar yaratgan. Afsuski, ulardan bizga 40 ga yaqini etib
kelgan, xolos. Forobiy olim bo‘lish bilan birga, mohir musiqachi va shoir ham edi.
U kamtar va kamsuqum inson bo‘lib, faqirona kun kechirgan, saroy olimi bo‘lishni
istamagan.
18
Umrining oxirida Misrda, so‘ng Damashqda yashab, o‘sha erda vafot etgan.
Ulug‘ Sharq olimining merosi keyingi avlodlar uchun katta xazinadir. 1975
yili Abu Nasr Forobiyning 1100 yillik to‘yini butun
taraqqiyparvar insoniyat
tomonidan nishonlanishi ulug‘ olimning jahonshumul mavqeyidan dalolatdir.
(174ta so’z)
Dostları ilə paylaş: