Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 471,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/30
tarix01.04.2023
ölçüsü471,08 Kb.
#92253
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bayonlar-to’plami

\ ASSALOM, KELAJAK! 
Ey sen, shoshib, hovliqib , dam-badam qo`lidagi soatiga qarab borayotgan 
inson! Bilarmisanki, qo`lingga bog`lab olganing soat emas, sendagi sanoqsiz 
zanjirlarning biridir.
Zanjir ila sening insoniyatga tutashliging bor. Tomchi bo`lib daryo bilan 
oqayotirsan, zarra bo`lib koinot bilan charx urayotirsan. Bu zanjir ila zamonga 
daxldorsan va sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan.
Bashariyat tarixi koinot umriningo`n besh daqiqasi emish. Bu zamon ichida u 
ne qadar kamol topdi? Mamont to`shini talashib bir –birini majaqlagan ajdod bilan 
din-u irq talashib, mansab talashib yashayotgan avlod o`rtasida tafovut qancha?
Bu xayollar va bu savollar, yangi mingyillikda meni qiynab turgan hislar
yozilmagan she`rlarimdir. 
Cheksiz, abadiy makon –u zamon ichra mavjudlik ulug` baxtim va olam –u 
o`zni anglamaslik ulug` dardimdir.
Men zarraman. Zarraning koinot bilan bir butunligi va tanholigi bor. 
Sayyoralar kabi o`z osmon o`z hayoti , o`z mehvari, o`z darvozasi bor. Zamonim – 
asrim, makonim – vatanim. Shu makonning erki mening erkim , zanjirlari mening 
zanjirlarimdir. 
Ey, mening buyuk va ozurda yurtim, qudratli va jafokash Vatanim! Sen o`z 
zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og`riqlisi bo`lgan tobelik va mutelik 
zanjiridan xalos bo`lding. Ozodlik kuning asr desa asr, mingyillik desa mingyillik 
ichida eng buyuk kundir. U sening yangi tarixing, mening yangi umrim boshlangan 
kun . 
Ey mening suyukli O`zbekistonim ! Zamonlar kelarki, botiniy zanjirlaring ham 
yechilar. Kelajak haqiqiy hur dunyo ichida sen ham chinakam ozod mamlakat 
bo`larsan. Zamonlar kelarki , insoniyat mojarolarni, qon to`kishlarni unutmas, 
olamda mehr-u saxovat, poklik va ezgulik g`olib bo`lar. 
Bizning bu g`urbat to`la asrda matonat bilan yashagan avlodning uyg`oq ruhi ul 
zamon aytar : ”O`lmagan qul shunday kunga ham yerib keldi-ya!” 
Shu umidbaxsh tuyg`u tufayli bugun ”Assalom, kelajak!” deya hayqirgim keladi. 
(210 so’z) 

Yüklə 471,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin