22
gap eshitasiz, vassalom. Odamlarning: “O’zimi o’zim bilaman!”-deb o’ylashlari
ko’pincha aldamchi tuyg’u bo’ladi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning fikrlarini eshiting:
Meni kishi demasa el malul nevchun o’lay,
Kishi hisobida men ham o’zumni chun sanamon.
Baytning mazmuni:
el meni kishi hisoblamasa, nega g’amgin bo’lay?
Chunki mening o’zim ham o’zimni odam sanamayman. Navoiy el hukmini oliy
hukm deb bilgan. Kishining el nazarida bir chaqalik qadri bo’lmasa-yu, u o’zini-
o’zi ko’klarga chiqarib yursa? Bir narsaga tan beraylik:
odam bolasi ayb va
xatolariga ko’ngilchan bo’ladi. U o’zining bu baxtsizligini ko’pincha sezmaydi.
Navoiy: Shoirlar yomon she’rni o’z iste’dod farzandidek yaxshi ko’rgani kabi,
odam farzandi o’z xatosini ham ma’qul ko’radi,”-deganida naqadar haq, qanchalik
uzoqni ko’ra olgan. (188 so’z)
Dostları ilə paylaş: