31
sig`magan , o`smadan payvasta qoshlar parvozi, istarasi issiq bug`doyrang yuzlar,
kulib turuvchi ko`zlar , ma`no mag`izli so`zlar sizniki bo`lgan.
Bolalar, gul -u lolalar ortingizdan suq bilan qarayotgan oq gul qizil gullarni
ko`rib, suyungansiz. Bag`ringiz to`lib , yolg`izligingiz ham bilinmagan-da , fahm-
farosat sizda naqd edi. Andishani toj deb bilgansiz . Turmushda tog` bo`ldingiz ,
bor-u yo`qqa ko`ndingiz. Dilbandlarni oq yuvdingiz, halol pand-u qand berdingiz.
Oftob oyim, siz muloyim begoyimsiz. Hamon farishtalisiz, kulsangiz dil
yorishadi, yursangiz gul ochiladi. Gullaringiz g`unchaladi, chiroy ochdi. Gulga
oshnosiz, do`stga tashnasiz. Mehr izlaysiz, asta so`zlaysiz. Jonga jonsiz, butun
imkonsiz.
Oftob oyim, siz davlatim, shifo savlatim, she`rim, nafosatimsiz. Keling , issiq
yuzingizga yuzim bosay, hayot, taft olay, mehnatkash qo`lingiz o`pay, silab bir
suyay , poyingizga sajdalar qilay, umrlar tilay. Bizni kutasiz, ilinasiz , sog`inasiz –
yurak bisotingiz, boyligingizni. Mehrlisiz, mehr berasiz, mehrga talpinasiz.
Uyg`oq yashaysiz, g`amlar kelsa ham, ularga qilich solasiz , haromga yo`liqsangiz
hazar qilasiz . Siz borki , darvozalar ochiq , gul-u rayhonlar xandon, quyosh ham
kular, uylar ham to`lar .
Oftob oyim, siz kechirimli, bardoshli, jonsarak ona. Besh qiz- o`g`ilni yaratgan
ona, ertaklar-u rivoyatlar yaratgan ona . Tong saharlab uyqudan turib, oydin baxt-
u risq –ro`zlar so`ragan ona. Ismingizni so`rasalar, xosiyatli, insof- diyonatli,
qalbingiz go`zal. Siz muhtaram, chin volidam, Makkatilloyimsiz, mening onam –
Oftob oyimsiz.(200 so’z)
Dostları ilə paylaş: