32
Bu yorug’ dunyoda bormi, bilmayman,
O’z o’g’lim yo’liga intizor menday... (M.Yusuf)
Kunlar o’tdi...
Onangiz xastalana boshladi, chunki uni vijdon azobi qiynar
edi. Faqat sizni o’ylar edi. Kunlardan bir kuni ona sizga og’riyotganini aytdi, siz
bu gapga parvo ham qilmadingiz. Qo’lidan ovqatni olib hayvonlarcha ovqat yeyar
edingiz. Ha, siz faqat o’zingizni, qorningizni o’ylar edinginz.
Siz to’qayzordasiz...Ana shunday kunlarning birida ko’chadan,
tobut
ko’tarib, yig’i bilan mahalla-ko’yingiz, qarindosh-urug’laringiz, padaringiz
Ikromjon o’ta borar edi. Yuragingiz sezdi: tobut ichidagi
sizning mushfiqqina
onangiz Jannat xola edi. Yuragingizni g’am-alam bosdi, chunki shunda siz:”Endi
menga kim ovqat olib keladi”, deya alam chekdingiz. O’shanda ham o’zingizni
o’yladingiz. Onaizorga ozgina bo’lsa ham achinmadingiz-a!?
Nahotki onangizni tuproqqa qo’yib kelishga ham yramagn bo’lsangiz? Yo’q!
Sizni odam bolasi deya olmayman.
Tursunboy! Bir umr vijdon azobida qiynalishingizni xayolingizga
keltirdingizmi? Shu payt sizni haqoratlagim keldi. Yo’q! Yo’q! Unday demayman,
chunki har bir qilayotgan ishimizning oxiratda javobi bor-ku axir!? Sizni yuraksiz,
zabonsiz, dilsiz, bir quriyotgan daraxtga qiyoslayman, xolos.
Dostları ilə paylaş: