Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 471,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/30
tarix01.04.2023
ölçüsü471,08 Kb.
#92253
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bayonlar-to’plami

KARVON QO`NG`IROG`I 
Karvon qo`ng`irog`i jarangi. Bugun va o`tmish sadosi uyg`inlashadi: ...bir 
yonda yangi -yangi, keng, ravon ko`chalar, osmono`par zamonaviy binolar bilan 
sayqal topgan ulug` poytaxt –shahri azim, mustaqil yurt faxri Toshkent! O`zini 
anglamoqchi bo`lgan, avvalo, poytaxtni sevadi.
Bir yonda Asaka zavodi. O`zbekning yengil mashinalari. Nelarga qodir emas 
bu xalq. Kechagina “Senlar bittagina velosiped ham ishlab chiqara olmaysan,” 
degan g`animlarimiz ko`rsinlar buni. 
Bir yonda Qamchiq dovoni. Yaxshilar yo`l quradi, ko`priklar bunyod etadi. 
“Savob ishni har kuni qil, har dam qil”.
Sanasak, faxr etgulik muvaffaqiyat ko`p, ammo ular orasida eng muhimi 
hamma xalqqa, hamma elga suv-u havodek zarur ulug` ne`mat- Tinchlik bayrog`i 
bilan yangi asrning issiq, nurli quchog`iga talpinyapmiz. 
“Insoniyat yangi XX asrga qadam qo`yganda bizning o`rnimiz qayerda va 
qanday bo`ladi?” 
“ Xon bo`lsang-da bog` yarat, gadoy bo`lsang bog` yarat- bir kunmas bir kun 
mevasini tatirsan”. 
Yangi ming yillikda O`zbekistondek bebaho bog`, gulshandiyor bilan kirib 
boryapmiz. Yangi dunyoga xarobalar emas, mana shunday ko`rkam bog`lar yaratib 
bergan xalqning to`ridan joy olishga haqqi bormi-yo`qmi? ”Yaxshi niyat- yarim 
davlat”. Bu so`zni mendek nir qalamkashning niyati deb qabul qilsangiz , murod 
hosil. Zero , yangi ostonada turgan, avvalo, yaxshi niyat qiladi. 
Qaysiki oila , qaysiki bino va qaysiki asr poydevori poklik asosida qurilar 
ekan, unda totuvlik, hamjihatlik, adolat va tinchlik barqaror bo`ladi. 


33 
Yangi mingyillik! 
Yangi asr! 
Men senga pok g`isht qo`yishni istayman. Karvon qo`ng`irog`i eshitilyapti. 
Hayajonli tarixiy damlar. 
Yana ming yillardan so`ng shunday hayajonli daqiqalarda avlodlarimizning yangi 
dunyoni pok kutib olishlarini istayman.(193) 

Yüklə 471,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin