30
Ularning barchasi shu tariqa ko'rlik yuzasidan turli so'zlar aytdilar. Garchi
ular aytgan so'zlarning barchasi to'g'ri bo'lsa-da, ularning hammasi nuqsonli edi,
ularda tartib mavjud emas edi.
Shuning uchun ham filbonlik sohasida ustod hisoblangan yetuk faylasuf, o'zi hind
naslidan bo'lgan kishi ular aytgan so'zlarni tinglab, naql qilganlarga ta'na so'z
aytmadi va shunday dedi:
- Har bir kishi fil haqida o'zi bilganini aytib, u haqda nishon berdi. Ular bir-
birlariga zid fikrlarni aytgan bo'lsalar-da, kechirarlidir. Chunki ularning har biri o'z
bilganicha so'z aytdi, ammo ulardan hech biri filni ko'rgan emas edi. Lekin ular
aytgan bu sifatlarning barchasi bir yerga jam qilinsa, ulardan fil haqida muayyan
tasavvur hosil bo'ladi.
Uzoqni ko'ruvchi kishiga bu aniq bo'lgani uchun u hech bir ikkilanmasdan
ko'rlar aytgan barcha so'zlarni chin deb baholadi. (263ta so’z)
Dostları ilə paylaş: