Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 471,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/30
tarix01.04.2023
ölçüsü471,08 Kb.
#92253
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bayonlar-to’plami

9-SINF 
HUSAYN VOIZ KOSHIFIY 
Husayn Voizning eng asosiy fazilati, uning ilm egasi ekanligidir. U juda 
ko’p fanlarni egallagan va ularning har birida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib 
borgan mashhur olimlardan biridir. Husayn Koshifiy notiq sifatida o’z 
zamonasining mashhur notiqlaridan bo’lgan. Uning nutqini eshitish uchun 
shaharning turli tomonlaridan yig’ilishar, tinglovchilar soni shuqadar ko’payib 
ketishi natijasida orqada turganlarga notiqning ovozi yetib kelolmasa ham, uning 
ichki ruhiy holatini turli holatlar orqali ifodalanishini kuzatar ekanlar. Bu 
haqda Voizning o’g’li Faxriddin Ali Safiy o’zining "Latoyifut- tavoif” nomli 
asarida ta’kidlanishicha, otasi masjidi jome’da nutq so’zlayotgan ekan, odam 
shunchalik ko’p ekanki, majlisga kelayotgan o’sha davrning mashhur so’z 
ustalaridan Mavlono Sayid G’iyosiddin tasodifan o’sha yerdan o’tib qolib 
majlis ahliga mahliyo bo’lib, o’zi qatnashish uchun ketayotgan majlisdga kech 
qoladi. Ittifoqo shu majlisda Abdurahmon Jomiy ishtirok etayotgan bo’ladi.
Sayid G’iyosiddin kirib kelishi bilan undan so’raydi. Nechun kechikdingiz
Mavlono G’iyosiddin? -Meni ma'zur tuting, ustod, -dedi G’iyosiddin, -
kelayotgan edim, masjidi jome`da Husayn Voiz nutq so’zlayotgan ekan, shunga 
mahliyo bo’lib qolibman. -Xo’sh, qanday yangilik eshitdingiz? 
-Hech qanday, -deydi G’iyosiddin.
-Sabab?
-Sababi shuki,-dedi gunohkor,-odam juda ko’p ekan. Olomon meni turtib bir 
chetga chiqarib yubordi. Men shunchalik uzoq masofada edimki, uning ba'zi-ba'zi 
so’zlari zo’rg’a qulog’imga chalindi. Unday bo’lsa nima qilib o’tirdingiz?
Qarab o’tirdim,-dedi G’iyosiddin, -Husayn Voiz shunday nutq so’zlayotgan ediki, 
gaplarini eshitmasam ham uning mahoratiga mahliyo bo’lib, nutqining oxirigacha 
qarab o’tirdim.
O’z zamonasining ulkan so’z san'atkori Husayn Voiz Koshifiyning 
yuksak mahoratiga hatto Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqarolar ham qoyil 


35 
qolib tan berganlar, hatto o’z asarlarini rasmiy ijro etish lozim bo’lganda bunday 
ishga Husayn Voizni munosib ko’rganlar.
Alisher Navoiy tomonidan Husayn Voizga bildirgan ana shu ishonchning 
o’ziyoq mamlakatda, ayniqsa, voizlar o’rtasida katta ishonch va hurmatga sazovor 
ekanligidan dalolat beradi. Husayn Voiz notiq sifatida shuqadar hurmatga sazovor 
bo’lganki, buning asosiy sabablaridan biri, uning ovozining shiraligi, ohangi, ichki 
ruhiy holatini turli harakatlar bilan ifoda qila bilishida bo’lgan. Shuning uchun 
bo’lsa kerak, doimo har yerga taklif etishavergan, shuning natijasida bir aniq jadval 
bilan ishlashga majbur bo’lgan. 
Xondamirning aytishiga qaraganda, u juma kuni ertalab Hirotning markaziy 
Chorsusida joylashgan shoh nomozgohida va'z aytgan. Shu kun peshindan keyin 
Alisher Navoiyning masjidida, seshanba kuni Sulton Husaynning madrasasi, 
chorshanba kuni pir Mujarrat Xoja Abdul Valid Ahmad mozori boshida
payshanba kuni Sulton Ahmad Mirzo mozori boshida nutq so’zlagan. 
Bularning barchasi notiqning har tomonlama bilimdonligidan va jahonning baland 
pastini yaxshi bilganligi uning nutqining sermazmun bo’lishini ta'minlagan 
omillardan biridir. (402) 

Yüklə 471,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin