20
olis qishloqlardan yuzlari
quyoshda qorayib ketgan, ajinlari bolalagan ayollar
qo’llarida go’dagi bilan madad so’rab kelardi. Ustoz ularning boshini silar edi,
yupatar edi.
”Sakson yil lovullab, so’nmagan o’tman” deydi Zulfiyaxonim she’rlarining
birida.
Men dengizning labida turdim,
Dengiz to’lib chayqaldi yurak.
Xalqning og’riqlariga, quvonchlariga joni bilan tutashmagan shoira bunday
yoza olamaydi.
Biz shoiraning ovozlarini,
chiroyli qarashlarini, issiq qo’llarini sog’ingan
edik. Ular xonaga kirganda bir qalqib tushib, o’zimizni o’nglab olar edik.
Balki, Prezidentimiz Farmoni bilan adabiyotimizga kirib kelayotgan yangi
Zulfiya qizlarining kuchli ovozlari bu sog’inchimizni bosar. Balki, ustozni ko’rgan
ko’zlarimiz bilan bir-birlarimizga termulib, bu sog’inchga malham toparmiz. Nima
bo’lganda ham biz: Bu bog’lar bir bog’lar bo’ladi hali” degan taskin bilan
yashaymiz.
Dostları ilə paylaş: