Yurtim saxovati O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda yetishtiriladigan qovunlarning
dovrug‘i dunyoga taralgan. Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l dalalarida shirin – shakar
obinovvot, bosvoldi, kampirqovun, bo‘rikalla, shakarpalak qovun navlarini
yetishtirishadi.
Poliz mahsulotlari pishganda qovun sayli bo‘ladi. Bu bayramda qovun –
tarvuzlarning eng yaxshi navlarini namoyish etishadi, tanlovlar, ko‘riklar
o‘tkazishadi. Eng yaxshi qovun navlarini yetishtirganlarni maxsus mukofot bilan
taqdirlashadi.
Poliz ekinlari mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etishadi. Qovun sayli
shaharliklarga ham manzur bo‘lib qolgan. Ulug‘bek bog‘idagi bu tantanani
karnay- surnay sadolari bilan boshlashadi. Turli xalqlarning qo‘shiq va raqslari,
askiya, intermediyalarni ko‘rsatishadi. Polvonlar, dorbozlar, sozandalar,
masxarabozlar, ashula, laparlar aytib o‘ynashadi, xursandchilik qilishadi.
Viloyatlarda Hosil bayramida yana xo‘roz o‘yinlari, ot sporti o‘yinlar,
poyga, tosh ko‘tarish, arqon tortish, polvonlar kurashi musobaqalarini o‘tkazishadi.
Demak, Hosil bayramida dehqonlar yil davomida qilgan mehnatlari haqida
xalqqa hisobot berishadi, erishgan muvaffaqiyatlarini nishonlashadi.(129)
HOSIL BAYRAMI Kuz faslini eng mo‘l-ko‘l, hosilga boy mavsum deb hisoblashadi.
O‘zbekistonda Hosil bayramini qadimdan tantanali ravishda o‘tkazib kelishadi.
Yoz oxiri, kuz boshi – baxmal mavsumi, bayram va marosimlarga juda boy
bo‘lgan. Yoz oxiri va kuz boshida bog‘ sayli, qovun sayli, olma sayli, uzum sayli,
anor sayli, Mehrjon bayrami, xirmon (hosil) to‘yi kabi bayramlarni o‘tkazishadi.
Bu bayramlarni dehqonlarning mehnat mavsumi yakunlanib, ularning
bo‘sh paytlari ko‘paygan vaqtida uyushtirishadi. Hosil bayrami tomosha –
o‘yinlarga juda boy bo‘ladi va katta sayilga aylanib ketadi. Dehqonlar yil bo‘yi
qilgan mehnatlarining rohatini ana shu bayramda his qilishib, maroqli dam
olishadi. Hosil bayramini hamma joyda, har bir viloyatda o‘tkazishadi.
Bunday tadbir va bayramlar kishilarga yaxshi kayfiyat, ruhiy quvvat
beradi. Ular kishilar o‘rtasida mehr – oqibat, inoqlik, do‘stlik kabi fazilatlarni
mustahkamlaydi. (118)