IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash. O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________
Sana “ ”_____________________201___-yil. Mavzu: O‘RXUN-ENASOY OBIDALARI HAQIDA
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi:B1 mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash; B1+ media vositalardan adabiy ta’limga oid zarur axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish. O‘zini - o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi: B1 shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish; badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish; og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. B1+ o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.