Sana “ ” 201 yil



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə27/103
tarix28.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#104503
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
10 s-d-i-t (1)

Yangi dars bayoni:
Fizik xossalari. Sikloalkanlar amalda suvda erimaydi. Ularning xossalari alkanlar xossasiga o‘xshash bo‘lib, dastlabki ikki vakili gaz, qolganlari suyuq lik va yuqori molekulyar birikmalari qattiq moddalardir. Molekulyar massasining ortishi bilan qaynash harorati va zichligi oshib boradi.
Kimyoviy xossalari. Sikloalkanlarda ham xuddi alkanlarga o‘xshab, hamma bog‘lari to‘yingan, lekin ular birikish reaksiyasiga kirishish xususiyati bilan alkanlardan farq qiladi. Bu halqadagi uglerod atomlari o‘rtasidagi bog‘ning uzilishi bilan tushuntiriladi. Bog‘ning uzilishi natijasida uglerod atomlarida bo‘sh valentliklar paydo bo‘ladi va vodorodni va galogenlarni biriktirib oladi birikish reaksiyalariga
kirishadi. Kichik halqali (siklopropan va siklobutan) birikmalar, ularning katta halqali gomologlariga(siklopentan va siklogeksan) nisbatan birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Sababi kichik xalqalarni katta xalqalarga nisbatan beqarorligidadir.
Ishlatilishi. Siklogeksanning xlorli birikmasi geksaxlorsiklogeksan - C6H-6Cl6 qishloq xo‘jaligida insektitsid (zararkunandalarga qarshi) vosita sifatida ishlatiladi.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Siklopropan yonishidan 132 g CO2 va 108 g H2O hosil bo‘lsa, sarfangan kislorod massasini aniqlang.
2. 5,6 g siklobutan yonishidan hosil bo‘lgan CO2 massasini aniqlang.
3. Siklopentan yonishidan 110 g CO2 va 45 g H2O hosil bo‘lsa, sarfangan kislorod massasini aniqlang.
4. 210 g siklogeksanning xlor bilan reaksiyasidan hosil bo‘lgan monoxlorsiklogeksan massasini aniqlang.
5. 1,2-dimetil siklopropandagi ikkinchi uglerodning oksidlanish darajasini toping.
6. 1,1-dimetil siklobutan halqasidagi uglerodlarning oksidlanish darajalarini aniqlang.
7. Siklopropandan 88 gramm propan olingan bo‘lsa, sarfangan vodorod
hajmini (l, n.sh) hisoblang.
8. Siklobutandan 14,5 gramm butan olingan bo‘lsa, reaksiyada qatnashgan siklobutanni hajmini (l, n.sh) toping.
9. 14 gramm siklopentandan necha gramm pentan olish mumkin?

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin