II.Asosiy qism:
III.Yakuniy qism: Savol
1. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam?
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sana:__________
34-mavzu: Men yoqtirgan kitob
Kun shiori: “Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o`rgatuvchi murabbiydir”
“Amir Temur o`gitlari”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,kitobga bo`lgan mehrlarini va qiziqishlarini rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Kitob – inson hayotining ajralmas bir bo`lagi”
O`qituvchi:
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo`qdir. Kitob fasohat, balog`atda, latofatda tengi yo`q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg`izlikda va g`amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so`zlarida yolg`on va xato bo`lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malolik yetmaydi. U o`z do`stining dilini og`ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g`iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi.Kitobdek do`st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o`tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: “Kitob aql qal’asidir”, deganlar.
Muhammad Jabalrudiy
Topshiriq: “Men yoqtirgan kitob-bu” mashqi. Har bir o`quvchi o`zi yoqtirgan kitoblari haqida suhbat o`tkaziladi va ta’tilda ko`proq kitob o`qish talab etiladi.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish
MMIBDO‘: ______________________
Dostları ilə paylaş: |