FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi: axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi;axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, media-savodxonlikka rioya qiladi.
Darsning turi:: Aralash.
Darsning jihozi: Darslik, kompyuter.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliyhujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish. b)Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. Foydalanuvchi kim?
2. Kompyuter ishlashi uchun zarur narsalarni sanang.
3. Dasturiy ta’minot qanday turlarga bo`linadi?
4. Sistema dasturlari nima?
5. Hardware deganda nimani tushunasiz?
III.Yangi mavzu bayoni : Avvalo kompyuterning apparatli ta’minoti bilan dasturiy ta’minotini o`zaro aloqasi (o`zaro bog`lanishi yoki munosabati) interfeys deb atalishi gapiriladi.
Son`gra, interfeysning vazifasi turli misollar bilan tushuntiriladi.
Interfeys turlari sanaladi: 1) apparatli interfeys. 2) dasturli interfeys. 3) apparatli-dasturiy interfeys. 4) foydalanuvchi interfeysi.
Dasturlar interfeysi ularning o`ziga o`xshab turli-tuman bo`ladi: 1) qulay interfeys. 2) yumshoq interfeys. 3) qattiq interfeys. 4) nografik interfeys. 5) garfik interfeys.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar kompyuter qarshisiga o`tiradilar va o`zlari ishlahni bilgan ikki dastur (masalan: Paint dasturi va Word matn protsessorining bir-biriga bog`liqligini tekshirib ko`radilar.