II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. Sanoq sistemalari necha turli bo`ladi?
2. Axborot turlari va ko`rinishlari qanday bo`ladi? Misollar keltiring.
3. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
4. Kompyuter tarmoqlari necha turli bo`ladi?
5. Kompyuter tarmoqlarining bir-biridan farqini tushuntiring.
6. Provayder nima?
7. Web-brauzer deganda nimani tushunasiz? Qanday Web-brauzerlarni bilasiz?
8. Web-sahifa niam?
9. Elektron pochta haqida bilganlaringizni gapirib bering.
10. Axborotlar nima uchun va nimadan himoyalanadi? Antiviruslar haqida nimalarni bilasiz?
III.Yangi mavzu bayoni : Hisoblash txnikasining rivojlanish tarixi asosan 4 davrni o`z ichiga oladi:
Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr.
Mexanik mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar davri.
Elektron hisoblash mashinalari davri.
Har bir davrni alohida tushuntirib beriladi. 1- davr taxminan XV-XVI asrlarga to`g`ri keladi. 2- davr XVI-XIX asrlar oralig`iga to`g`ri keladi. 3- davr XX asr boshlari va 4- davr XX asrning 43-45- yillariga to`g`ri keladi. EHMlarning har bir avlodini bir-biridan farqi ham tushuntiriladi.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Savol-javob orqali o`tilganlar mustahkamlanadi.
V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.