Darsning turi:Ko`rgazmali dars.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliyhujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning jihozi: Darslik, kompyuterning texnik vositalari bo`lmish vinchester, kompakt disklarning barcha turlari, flash xotira (flejka), printer, skaner, modem, disk yurituvchi, AKT (apparat_qismi nomli dastur).
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish. b)Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. Kompyuterning asosiy qismlarini sanang.
2. Tezkor xotira nima va qanday vazifani bajaradi?
3. Tezkor xotira nimalardan tashkil topgan?
4. Videoxotira haqida nimalarni ayta olasiz?
5. Protsessorning bajaradigan vazifalari nimalardan iborat?
III.Yangi mavzu bayoni : Kompyuterning texnik vositalari sanab o`tiladi: disklar, vincheter, flash xotira, printer, sichqoncha, trekbol, joystik, plotter, skaner, strimmer, modem, soundblaster, multimedia.
Keyin ularning vazifalari bilan tanishtiriladi. So`ngra ualrdan xonada bor bo`lganlari bevosita ko`rsatiladi. Bunda disklarga alohida to`xtalib o`tiladi. Chunki, kompyuter texnikasida axborotni saqlash va tashish uchun disklar alohida o`rin tutadi. Kompakt disklar haqida gapirilayotganda CD – R disknin CD – RW diskdan hamda DVD – R diskning DVD – RW diskdan farqini tushuntirish kerak. Ushbu disklardagi axborotni o`qish va ularga axborot yozishda foydalaniladigan disk yurituvchilar (CD va DVD ROMlar) haqida ma’lumot berish.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: buning uchun kompyuter xotirasida mavjud apparat_qismi nomli Elektron qo`llanma ishga tushiriladi va o`quvchilar mustaqil ravishda undagi ma’umotlarni o`rganadilar.
V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.