Darsning turi: Ma’ruza
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliyhujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning jihozi: Darslik, AKT ( kompyuter xotirasidagi 8- sinflar uchun elektron darslik)
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish. b)Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Birinchi mexanik mashina ixtirochisi kim?
Elektromexanik mashina deganda qanday mashinani tushunasiz?
Elektron hisoblash mashinalari davri qachondan boshlangan?
III.Yangi mavzu bayoni : Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan yaratilgan. 1977 yilda ushbu kompyuter amerikalik olim Stiv Jobs boshchiligidagi “Apple Computer” firmasi tomonidan mukammallashtirildi.
Kompyuter deganda, turli hajmdagi, har hil ko`rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Uning asosiy qismlari: sistemalar bloki, monitor va klaviaturadan iborat. Sistemalar bloki esa asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira ham o`z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Ushbu qismlar sanab o`tilgach ularning vazifalari ham aytib o`tiladi.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: buning uchun kompyuter xotirasida mavjud apparat_qismi nomli Elektron qo`llanma ishga tushiriladi va o`quvchilar mustaqil ravishda undagi ma’umotlarni o`rganadilar.