Darsning turi: Ma’ruza
Darsning jihozi: Darslik, AKT ( kompyuter xotirasidagi 8- sinflar uchun elektron darslik)
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliyhujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish. b)Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. Vinchester deganda nimani tushunasiz?
2. Kompakt disklarning axborot o`qish tezligi kattami yoki qattiq disklarniki?
3. Flash-xotira qanday qurilma? U nima vazifa bajaradi?
4. Printerlarning turlaini sanab bering va ularning bir-biridan farqini ayting.
5. Skanerning qanday qurilma?
III.Yangi mavzu bayoni :O`quchilarga eng avvalo MANTIQ ILMI va uning Vatanimizda yashab o`tgan buyuk namoyandalari haqida ma’lumot berish kerak. M: Abu Rayhon Beruniy, ibn Sino va albatta eng birinchi o`rinda Abu Nasr Farobiy haqida.
Mulohaza nima ekanligini tushuntirish. Mulohaza – bu narsa va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak gap. Mulohaza sodda va murakkab bo`lishi mumkin. Sodda mulohazalar ustida amal bajarib murakkab mulohaza yaratish mumkin.
Mulohazalar ustida mantiqiy ko`paytirish, mantiqiy qo`shish va mantiqiy inkor amallarini bajarish mumkin.