Darsning turi:: Ma’ruza.
Darsning jihozi: Darslik, sinf doskasi, bo`r.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliyhujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish. b)Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. “Operatsion” so`zining to`gri tarjimasi qanday?
2. “Operatsion sistema” deganda nimani tushunasiz?
3. Kompyuter Operatsion sistemasiz ishlashi mumkinmi? Javobingizni izohlang.
4. Dasturiy ta’minot, texnik ta’minot va OS orasidagi bog`lanish qanday?
5. Operatsion sistemaning xususiyatlarini so`zlab bering.
6. Qanday Operatsion sistemalarni bilasiz?
III.Yangi mavzu bayoni : Operatsion sistemalar komyuter dasturlari ichida eng murakkabi. Operatsion sistema asosan 3 ta vazifani bajaradi:
qurilmalarni boshqarish
dasturlarni boshqarish
buyruqlar va ko`rsatmalarni bajarish
Operatsion sistema asosan quyidagi qismlardan iborat:
Amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli;
Buyruq protsessori.
Qobiq-dastur OS boshqaruvida ishga tushiriladigan va shu OS bilan ishlashga ko`maklashadigan dasturdir. Ularga misollar: Norton Commander, Windows Commander, Total Commander, Far manager.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Kompyuter ishga tushiriladi va Far managerdasturi yoki Total Commander dasturida amallar bajariladi.
V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.