A) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’tgan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Kattaliklar hamda ularning o’zaro bog’lanishi haqidagi ta’limiy tushunchalar berib, malaka va ko’nikmalarni orttirib, bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytirib mustahkamlash.
B) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning milliy iftihor ruhida tarbiyalash vatanimizni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shish, fanni qunt bilan o’rganib maktabda olingan bilim buyuk kelajak uchun muhim omil ekanini tushuntira bilish.
D)Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo’llashga, mustaqil fikrlashga o’rgatish. O‘quvchilarning asosiy matematik bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
E) Shakllantirilayotgan kompitensiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik, mantiqiy tahlil.
III. Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash
IV. Darsda foydalangan metodlari: Interfaol, matbuot-ahborot mustaqil ish. Aqliy hujum, savol-javob, induksiya, deduksiya
V. Jihozlar: darslik, kompuyter elektron darsligi, didaktik materiallar, kodoskop, har xil fizik jismlar, plakatlar, tehnik ko’rgazmalar.
VI. Darsning borishi:1. Tashkiliy qism – 2 min. 2. O’tilganlarni takrorlash – 3 min
3. Masalalar yechish – 22 min
.ABCD tekis shakilni H ga proyeksiyalash. Ushbu ABCD tekis shakl H ga parallel vaziyatda 16.1-chizma, a dagi kabi fazoda joylashgan bo’lsa, o’zining haqiqiy kattaligda proyeksiyalanadi. Chunki ABCD parallel H ga perpendikular chiziqlar o’tkazilib, H da chegaralanadi. A’, B’, C’, va D nuqtalardan V ga perpendikular chiziqlar o’tkazilib, H da chegaralanadi. A’, B’, C’, va D’lar o’zaro tutyashtiriladi.
A B C D shakl W ga aynan V ga proyeksiyalangandek amalga oshiriladi. (16.1-chizma, d).
A B C D tekis shakilning H, V,W dagi chizmasi (epyur) 16.2-chizmadagidek bo’ladi.
Tekis shakilning berilgan proyeksiyasi (16.5-chizma,) bo’yicha uni bosqichlarda ko’chirib chizish 16.6-chizma a b d e da ko’rsatilgan.
8- E va B sinf
I. Mavzu:Bitta va perpendikular ikkita proyeksiyalar tekisligiga modelni proyeksiyalash va tekis chizma (epyur) hosil qilish.
II. Darsningmaqsadi: o’quvchilarga bitta perpendikular ikkita proyeksiyalar tekisligiga modelni proyeksiyalash va tekis chzima(epyur) hosil qilishni o’rgatish.