Mulohaza uchun Maqsadga qanday erishiladi? Har bir inson, albatta, baxtli bo‘lish uchun dunyoga kelgan. Buning uchun unda barcha imkoniyatlar eshigi ochiq. Faqatgina insonda qattiq xohish, mustahkam e’tiqod, qat’iy iroda va mas’uliyat hamda oliy maqsad bo‘lsa kifoya. Agar shular asosida astoydil harakat qilsa, bunday inson har qanday qiyinchilik va qo‘rqishlardan holi bo‘ladi, o‘z ezgu maqsadiga erishadi!
Bilasizmi? Minoraning asosi – poydevor, inson baxti – fe’l atvor Buyuk minoralar samoga bo‘y cho‘zgan qad-qomatlari bilan salobatli ko‘rinsalar ham, aslida ularni ushlab turgan asos yer ostida bo‘ladi. Buxoroning mashhur Minorai Kalon obidasi yoki Toshkentdagi «Toshkent» teleminorasi, Xivadagi minoralar qarshisida nimani his qilasiz? Ularning salobatidan sizni hayajon bosadimi?
Minorai Kalonning balandligi 47,5 metr, uning asosi yer sathidan 11,5 metr chuqurlikda joylashganini bilasizmi? Uni qurgan usta poydevori mustahkam bo‘lmagan minora uzoq turmasligini aytib ketgan. Asrlarni pisand qilmay mag‘rur turgan buyuk inshootlarning barhayotligi ularning asosi bilan bog‘liq.
Ular mustahkam poydevorlari bois vaqtdan g‘olib kelmoqdalar. Inson umrining, muvaffaqiyatining ham tagzamini, minoralar kabi asosi bor, bu – fe’l-atvor. Sharq donishmandlarining «Kaloming belgilar kamoling» degan hikmati bor. Harvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, odamning ishga kirishi yoki ishda mavqei ko‘tarilishida fe’l-atvorning o‘rni 85 foiz, bilim va tajriba, bilgan raqam va dalillarning o‘rni 15 foiz ekan.
Mulohaza uchun Inson shu qadar buyukki, uning fazilatlarini o‘lchash dunyodagi eng baland tog‘ning eng baland cho‘qqisiga emaklab chiqish zahmati bilan teng. Inson shu qadar tubanki, uning illatlarini o‘lchash dunyodagi eng baland tog‘ning eng baland cho‘qqisidan emaklab tushish zahmati bilan teng. O‘tkir Hoshimov Ma’naviyat xazinasidan So‘zingizga vafo qiling, ishda qat’iyatli bo‘ling. Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq –
cho‘qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir. Ezgulik uchun yaralgan yoki ezgulikdan mutlaqo mosuvo insonni ko‘rmadim. Kimki ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda bo‘lur.
Konfutsiy