Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy


TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish; Rivojlantiruvchi



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə21/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. «Tushkunlikka tushib qolibdi», «Tushkunlikka tushma», «Bezovta bo‘lma» degan gaplar qachon aytiladi?
2. «Tushkunlikka tushish» deganda nimani tushunasiz?
3. Inson qachon besaranjom bo‘lishi mumkin, jonsarak, bezovtalik, behalovatlik degan tushunchalarni nima birlashtiradi?
4. Siz shunday holatga tushganmisiz? Bunday holatlardan qanday qutulish mumkin?
Mulohaza uchun
Otabek tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida qo‘lbola qilib issiqxona qurdi. Pomidorlari qizarib yetildi. Rossiyadagi hamkorlar bilan shartnoma ham tuzdi...
Bahorning so‘nggi kunlarida to‘satdan kelgan bo‘ron hamma uylarning tomini uchirib ketdi. Kuchli shamol issiqxonalarga ham katta zarar yetkazdi. Otabek ikki qo‘li bilan boshini changallagancha, nima qilishini bilmay supada o‘tirardi. Uning xayoli shu darajada parishon ediki, onasining bir necha marotaba chaqirganini ham eshitmadi. Onasi qo‘lida nimadir solingan qo‘lbola xaltani ushlaganicha Otabekning oldida turardi. Otabek boshini ko‘tarib onasiga qaradi. Onasining nigohida zarracha ham afsus, nadomat ko‘rmadi. Onaning nigohi qat’iy, shijoati esa mustahkam edi. Unsiz berilgan savolga onasi, «Tur o‘g‘lim, ko‘pga kelgan to‘y joningdan nari. Mana berdi. «Ona, bu haj ziyoratiga deb yig‘ib qo‘ygan pullaringiz-ku?» deb jovdiradi Otabek. Go‘yo bu pullarni olsa, katta jinoyatga qo‘l urgandek a’zoyi badani titrab, bo‘g‘ziga nimadir tiqilib qoldi. Ona yana «Bolam, faqat oldinga intil, ortga qarama, oldingda quduq bor, sen chanqagansan, unga tomon intil!», dedi.
Otabek qizargan ko‘zlarini katta-katta ochib ufqqa qararkan, unda onasining shijoati porlab turgandek bo‘ldi. «Onajon, siz duo qiling. Ishlarim yurishib ketishi bilan mening eng birinchi maqsadim sizni hajga yuborish bo‘ladi», – deb o‘rnidan turdi-da, vayron bo‘lib yotgan issiqxona tomon odimladi...
Mulohaza uchun
Malikani maktabda dugonalari «Matematika qirolichasi» deb chaqirishlari qulog‘iga yoqimli eshitilardi. Tanlovlarda g‘oliblikni qo‘ldan bermas, doim maktabi uchun kuboklarni olib kelar edi. Maktab rahbariyati uni Xalqaro matematiklar tanloviga tavsiya qildi. Ammo 100 ga yaqin mamlakatlardan kelgan o‘quvchilar orasida Malika kumush medal sohibi bo‘ldi. Bu natijadan Malikaning ko‘ngli to‘lmadi. «Nahotki, men bu safar kumush medal bilan cheklansam? Endi uydagilarga nima deyman?
Dugonalarim nima deydi?» Malikaning kayfiyati tushib ketdi. Uni tanlovga kuzatib kelgan ustozi «Qizim, hozir men javoblaringni ko‘raman, sen kayfiyatingni tushirma, ikkinchi o‘rin ham
yomon natija emas», – deb uni yupatgan bo‘ldi.
Ustozi har qancha urinmasin, Malikaning ko‘zlaridan yosh shashqator bo‘lib oqardi. Keyin ular xatolarni ko‘rishdi. «Eh afsus, hammasi to‘g‘ri ketayotgan ekan, bitta vergul butun boshli misolning natijasiga ta’sir qilibdi...». Malika xatolarini ko‘rar ekan, bu hammasi shoshqaloqligining natijasi ekanligini tushunsa-da, baribir, ich-ichini nimadir tirnayotganga o‘xshardi.
Endi nima bo‘ladi? Menga bildirilgan ishonch... Malikaning qo‘l telefoni tinmay jiringlar, kumush medal olganligi bilan uni tabriklagani ota-onasi, ukasi, singlisi, sinfdoshlari tinmay qo‘ng‘iroq qilishardi. Mana, samolyot Toshkent aeroportiga qo‘nganligi e’lon qilindi. Malika aeroport yo‘lagidan odimlab borar ekan, uni yo‘lakda, maktab rahbariyati bilan birga ota-onasi, singlisi, ukasi, sinf rahbari dasta-dasta gullar bilan kutib turishar edi. Malikaning birinchi gapi «Men albatta keyingi yili g‘olib bo‘laman. Men oltin medalni O‘zbekistonga olib kelaman!» degan gap bo‘ldi.

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin