Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiyJami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Tengdoshlaringiz yoki do‘stlaringiz kelajakda harbiy bo‘lmoqchi ekanligini aytishganida Sizning xayolingizdan nimalar o‘tadi? Siz ham harbiy bo‘lishni orzu qilganmisiz? Nima uchun? 2. Hozirgi kunda Vatanni nimadan himoya qilish kerak? 3. Siz Vatanni himoya qilishga tayyormisiz? Qat’iyat va iroda, mustahkam sog‘liq, jasorat va matonat tushunchalarining Vatanni himoya qilish bilan bog‘liqligi nimada? 4. Vatan himoyachilarining qanday jasoratlarini bilasiz? Jamiyat orzusi Yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi – nafaqat ota-ona, qolaversa, jamiyatning ham orzusi hisoblanadi. Yoshligidanoq muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, aqliy va jismoniy mehnatni o‘rganib, o‘zlashtirib borish hamda har tong toza havoda sayr qilishni kundalik faoliyatga aylantirib olgan yoshlarning maqsadlari ham jamiyat maqsadi bilan mushtaraklik hosil qiladi. Natijada bunday inson jismoniy kuch-quvvatga to‘ladi, ichki olami go‘zallashadi, boshqalar bilan munosabati namunali bo‘ladi. Mehnatsevar bo‘lib, tafakkur darajasi yuksalib boraveradi. Mustaqil fikrlashi charxlanadi, teranlashadi, takomillashadi. Bunday fazilatlarga ega bo‘lgan yoshlar sekin-asta ruhiy tetiklik, ma’naviy yetuklik maqomini qo‘lga kiritib boradi. O‘z Vatani sha’ni uchun uning mas’uliyati ham oshadi. Yüklə 487,42 Kb. Dostları ilə paylaş: |