Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə9/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

Haqiqiy vatanparvar
Haqiqiy vatanparvar shunday insonki, u xalqining milliy qadriyat, odob-axloq mezonini yuksaltirish barobarida o‘z xulq-atvorini takomillashtirib boradi;
xalq qalbidagi dard-u hasrat, g‘alayon, sir-u sinoat, orzu umidlarini ko‘ra biladi;
hayot yo‘lini riyokorlik, tamagirlik, yolg‘onchilik illatlaridan yiroq tutadi;
xalqining tinch-osuda yashashi, farovon turmush kechirishi uchun tinim Chunki u o‘z yurtiga mana shunday aqlli, bilimli, tafakkuri yuksak, mushohadasi keng, mard va jasur farzandlar kerakligini chuqur anglaydi!
Mulohaza uchun
Vatan
Dunyoda sharafli vazifalar juda ko‘p, ammo ular ichida o‘z Vatanini himoya qilish sharaflilar ichra sharaflisidir.
Negaki, Vatan – bu insonga ato etilgan eng qutlug‘ ne’mat, halol nasibamiz, ajdodlarimiz uyg‘oq ruhi kezib yurgan tabarruk go‘sha, ularning nafasi ufurib turgan muqaddas tuproqdir!
Vatan unga bo‘lgan muhabbatdan yuksaladi, ardoqlanadi.
Jaloliddin Manguberdi shijoati, Amir Temur jasorati... Ularni haqiqiy vatanparvarlik deyish mumkin. Bular ko‘ksida Vatan degan quyoshni ko‘tarib yashagan insonlardir. Shu bois ular qalblarimiz to‘rida. Vatan tarixini nima bezab turadi, deb so‘rasalar, hech ikkilanmay shijoat-u jasorat, ma’rifat-u adolat, sadoqat-u himoya, degim keladi.
Inson ma’naviy olamining kuchi, qudrati uning Vatan oldidagi burchi, mas’uliyatini qanday anglab tushunishda ham namoyon bo‘ladi.
Minhojiddin MIRZO


Ma’naviyat xazinasidan
Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak. Inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg‘arazlik, oliyjanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim.
Berdaq
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Yoshlarning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi
uchun qanday omillar zarur deb o‘ylaysiz?
2. 2020-yilning 29-mart kuni Toshkent shahrida IIBB xodimlari karantin tartibiga rioya qilmaslik bilan bog‘liq 419 ta faktlarni qayd etishdi. 418 kishida tibbiy niqoblar bo‘lmagan, 1 kishi uy karantini tartibini buzib, o‘zboshimchalik bilan uyini tark etgan. Buning sabablarini nimalarda ko‘rasiz?
Bir o‘ylab ko‘ringchi, nima uchun bir kunda 419 ta qoidabuzarliklar sodir bo‘lishi mumkin?
Ichki ishlar xodimlari insonlarni nimadan himoya qilishgan?
Bu himoya nima uchun kerak?
Bu singari qoidabuzarliklarning oqibati nima bilan tugashi mumkin? Sababi nima deb o‘ylaysiz?

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin