Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy


Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə5/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
I II. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Suratda tasvirlangan turli millat vakillarini nima birlashtirib turadi?
2. Suratdagi insonlarni birlashtirib turuvchi ezgu g‘oya va qadriyatlarni
sanab bering?
3. «Inson bu hayotda yashar ekan, doimo ezgu ishlarga xizmat qilmog‘I
bog‘lab tushuntiring.
4. Siz o‘zingizni bag‘rikeng inson deb o‘ylaysizmi? Bag‘rikeng inson bo‘lish uchun nima qilish kerak?
5. O‘zbekistondagi Koreys madaniyati markazi rahbari Viktor Pak o‘zining bir murojaatida «Biz birlashib yengamiz » deganda, qanday birlashishni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin?
Azaliy xalqimizning yuksak fazilatlari sabab bugun ko‘plab millat va din vakillari yurtimizda tinch va ahil yashab, hayot kechirmoqdalar.
Respublikamizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodi bilan bog‘liq an’analarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat ravnaqi, jamiyat taraqqiyoti, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga xizmat qiladi. Respublikamizda 16 ta diniy konfessiya vakillari ahil-inoq yashamoqdalar.
Abdulla Avloniy bu borada shunday degan edi: «Qaysi bir millatning orasida birlik ko‘tarilub, nifoq va adovat hukm surgan bo‘lsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlanganligi tarix sahifalaridan ma’lumdir».
Bag‘rikeng yurtda yashayotgan o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq yoki boshqa millatga mansub bo‘lsa ham, barchasi bir diyorning farzandlaridir. Shu vatanda tug‘ilib o‘sgan har bir inson ota-bobolari, buvilari ahil, birdam yashash naqadar ulug‘ fazilat ekanligini ongiga bolalikdanoq singdirib ulg‘aytirganlar. Shunday ekan, yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlikni asrab-avaylashga siz yoshlar ham o‘z hissangizni qo‘shmog‘ingiz lozim.


Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bagrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’I nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash Ozbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yonalishlaridan biri etib belgilangan.

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin