Darsdan ijobiy saboq chiqarib Siz o‘z maqsadingizdan kelib chiqib, biror-bir natijaga erishish haqida mustaqil ravishda matn tuzing. Buning uchun quyidagi qoidalarga amal qiling va ular ham matnda o‘z aksini topsin:
1) orzularingizni ijobiy ma’noda ifodalang;
2) o‘ta aniq va sezgir bo‘ling: aytaylik nimadir qo‘lga kiritmoqchisiz, uning hidi, ovozi va tashqi ko‘rinishini aniq tasavvur qiling;
3) natija haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga harakat qiling: maqsadga erishganingizda aniq nima yuz berishi haqida o‘ylang;
4) erishadigan maqsadingizning oqibatlari haqida bashorat qilib, ular boshqa odamlarga ziyon yetkazmasligi haqida o‘ylang;
5) siz erishgan natija o‘zingizga ham, boshqalarga ham faqat foyda keltirishi kerak.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun inson doim yaxshi yashash, go‘zal turmush kechirish uchun harakat qiladi?
2. Siz Vatan uchun, uning farovonligi uchun qanday ishlarni amalga oshirmoqchisiz?
3. Rejalaringiz ketma-ketligini ishlab chiqing. Bunda quyidagi chizmadan foydalaning.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish
Berilgan gaplarni davom ettiring:
1. Men hayotim (uyim) quyidagicha bo‘lishini xohlar edim;
2. Men quyidagi kasb bilan mashg‘ul bo‘lishni xohlayman;
3. Bo‘sh vaqtimni quyidagicha o‘tkazishni xohlar edim;
4. Mening quyidagi orzularim amalga oshishini xohlar edim;
5. Yana quyidagilarni xohlar edim.
6. Xohishga qanday yetamiz?.
Sana:____________________________ Mavzu:Qat’iy fe’l atvorning muhimligi Maqsad: Ta’limiy: O`quchilarga bugungi mavzuga oid bilim va tushunchalar berish. Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish