Mas’uliyat – hayot yuklaydigan mas’uliyatni zimmaga olmoq va uni sharaf bilan ado etmoq!
Riyozat – hayotda o‘z o‘rnini topish uchun harakat qilmoq.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Kichik guruhlarga bo‘lining: Jamoangiz bilan voyaga yetmaganlar uchun to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik bo‘yicha ularning faoliyatlari algoritmini shakllantiring.
2. Qonunni buzgan tengdoshlaringizga ularni to‘g‘ri va munosib hayot yo‘liga qaytarish uchun qanday tavsiyalar bergan bo‘lardingiz? Tavsiyalaringizni jamoangiz bilan birga muhokama qiling.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
1. Xalqimizdagi «Intilganga tole yor», «Baxt yalqovga begona» degan maqollarni siz qanday tushunasiz? Siz uchun baxt nima? Saodat nima? Fikringizni asoslang.
2. Nima uchun inson o‘z oldiga maqsad qo‘yib yashaydi?
3. Hayotning ayrim sinov va tashvishlarini yengishda qaysi insoniy fazilatlarni ko‘proq qadrlaysiz va nima uchun?
4. Quyidagi hikmatni mavzuga bog‘lab tushuntirishga harakat qiling.
«Kim mashaqqat chekdi – topdi g‘azna ham, Kim tirishqoq bo‘ldi – ko‘p topdi karam». Jaloliddin Rumiy Sana:____________________________ Mavzu:Tushkunlik besaranjomlikni boshqarish
Maqsad: Ta’limiy: O`quchilarga bugungi mavzuga oid bilim va tushunchalar berish. Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish
TK2:axborot manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish
FK1suhbatdoshni tinglash, sukut saqlash va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish ;
Tarbiyaviy: Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.