Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy


TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish; Rivojlantiruvchi



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə23/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Mashaqqat nima?
2. Insonning hayotida qanday mashaqqatlar bo‘lishi mumkin?
3. Mashaqqatlarni yengib o‘tgan insonlar haqida eshitganmisiz?
4. «Uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi» degan gapni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu qanday yo‘l?
5. Inson mashaqqatlarni yengib o‘tishda nimadan quvvat oladi?
Mulohaza uchun
Mening hayotimni koshonalarda, qo‘sha-qo‘sha mashinalar qurshovida va shaxsiy samolyotlarda tasavvur qilgan odamlar qattiq yanglishadi. Menda samolyot ham, qimmat sport mashinalari yoki hashamatli saroy ham yo‘q. Mening kundalik turmushim nihoyatda sodda – yayov harakatda bo‘lish, ishga metroda qatnash. Men ixchamgina ijara xonasida umrguzaronlik qilaman.
Kimdir mening o‘rnimda bo‘lishni xohlasa, u tamaki chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish hamda javonni qimmatbaho kiyimlar bilan to‘ldirish kabi illatlardan voz kechishi kerak. Oddiy va qashshoqlikda o‘tgan talabalik kunlarimdan boshlab shu kungacha o‘z-o‘zimga mol-dunyoning o‘tkinchiligini, hayotning bosh ehtiyoji –yaratuvchanlik ekanini aytaman. Sizning tashqi ko‘rinishingiz hech qachon ichki holatingiz uchun tarozi bo‘la olmaydi.
Ko‘pchilik boyib ketsa, pul ortidan yangi illatlar orttiradi va boshqa odamga aylanadi. Bu – bilib
turib o‘zingizni qulga aylantirishga teng. Xo‘jako‘rsin ga serhasham hayotga oshno bo‘lish, atrofga qo‘rqoq va muttaham odamlarni to‘plash, zarurat bois yolg‘on so‘zlash va xotirjamlikni qurbon qilish – bu sizning mol-dunyoga bo‘lgan badnafslik uchun to‘lanadigan tovonning bir qismi, xolos.
Mol-dunyoga o‘chlik, qimmatbaho uy qurish yoki biror nima xarid qilish orqali soxta obro‘ orttirish isrofgarchilikka sabab bo‘ladi. Ko‘hna bir naql bor: «Qul ozodlikka erishishni emas, quldor bo‘lishni orzu qiladi». Pulning quliga aylanib qolish – o‘zining hayotiga egalik qila olmaslikni anglatadi».

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin