Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə24/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

Pavel Durov, Telegram asoschisi
Bilasizmi?
Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlari asoschisi Pavel Durov 1984-yil Sankt-Peterburg shahrida tavallud topgan. U 11 yoshidan boshlab dasturlashga qiziqqan. Durov 2006-yilda ikkita internet loyiha yaratadi (durov.com, Spbgu.ru).
Ikkovi ham o‘zining universiteti (SPbDU) va Rossiyaning boshqa universitetlari o‘rtasida referat
va g‘oyalarni almashish imkonini beradigan loyiha edi. Bu loyihani dastlab u Student. ru deb nomlamoqchi bo‘ladi, keyin Vkontakte nomiga o‘zgartiradi. Vkontakte yaratilgandan so‘ng (2006-yil, 1-oktabr), bu sayt faqat barcha universitet talabalarining anketalarini saqlash uchun ma’lumotlar bazasi sifatida ish boshlagan, keyinchalik ijtimoiy tarmoq sifatida rivojlanib ketgan. 2013-yil Durov Digital Forest kompaniyasiga asos soladi va shu kompaniya Telegram messenjerini ommaga taqdim etadi.
Mulohaza uchun
O‘zi uchun o‘zi saroy qurgan Fransiyalik Ferdinand Shevalni «pochtachi» deyishar edi. U g‘aroyib va noodatiy shakldagi toshlarni yiqqan. 43 yoshlik pochtachi 1879-yilda o‘ziga tegishli bir parcha yerda orzusidagi «Palais Ideale» («Bekamu-ko‘st saroy»)ni qura boshladi. Savodsiz pochtachining qarorini atrofdagilar masxara qilishadi. U ishdan charchab qaytgach, moylampani yoqib, tuni bilan yillar davomida to‘plangan noyob shakldagi xarsanglarga tasavvuridagi shakllarni bera boshladi. Pochta markalarida, jurnal va suratlarda, rivoyat va afsonalarda ko‘rgan hamda eshitgan hayotiy, xayoliy va afsonaviy hayvonlarning shakllari odamlarning diqqatini torta boshlaydi. Shevalning ilhomi va g‘ayrati tuganmasdek edi. Yigirma yil deganda saroyni o‘ragan va betakror san’at asarlari o‘rin olgan devor qad ko‘taradi. Jami 26 metrlik san’at namunalaridan iborat toshsaroyni tarashlash uchun Ferdinand Sheval 9 ming kun yoki 65 ming soat tinimsiz mehnat qildi. Bugun Fransiyaning Valans shahri shimolidagi Hoterives qishlog‘iga bu noyob majmuani ko‘rish uchun yiliga yuz ming nafar sayyoh tashrif buyuradi.

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin