I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Ne’mat nima? Qanday ne’matlarni bilasiz?
2. Sizga berilgan ne’matlarning eng bebahosi qaysi?
3. Erta bilan turdingiz, lekin atrofingizdagilarni tanimayapsiz. Hamma begona, eng dahshatlisi ismingizni ham eslay olmaysiz. Kimligingizni unutgansiz.
Siz qanday ahvolga tushasiz?
4. Insonga berilgan xotirani bebaho ne’mat deyish mumkinmi?
5. Siz «Umr», «Hayot» deb atalgan ne’matdan qanday foydalanayapsiz?
6. Tanlagan yumushlaringizga sarflayotgan vaqtingiz uvol bo‘lmayaptimi?
Fikringizni asoslang.
Mulohaza uchun
Hayot inson uchun berilgan eng qadrli omonat va imkoniyatdir.
Bu omonatga xiyonat qilish barcha dinlarda qoralanadi.
Ba’zi insonlarning hayotdagi qiyinchilik va sinovlarga sabr-u bardoshi yetishmay, qabih yo‘lni o‘zlariga lozim ko‘radilar.
Qabihlikning eng yirik ko‘rinishi giyohvandlikdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik oqibatida har yili 200 mingdan ortiq odam hayotdan ko‘z yumadi.
Giyohvandlik – barcha yomonliklarning boshidir. Ma’naviyat xazinasidan Hayot daftarining har sahifasi ikki betdan iborat. Unda – haqiqat va razolat, ma’rifat va jaholat, jo‘shqinlik va tushkunlik, do‘stlik va dushmanlik, yorug‘lik va qorong‘ulik, samimiyat va munofiqlik, xolislik va riyokorlik singari kundalik turmushning tashvish-u sinovlari, baxt-u quvonchlari bitilgan. Ularni munosib yengib o‘tishda odamda o‘ziga ishonch va qat’iyat bo‘lishi lozim.
U M R Umid – ato etilgan hayotni munosib, baxtli yashab o‘tishga ahd qilmoq!