Ilm bilan aziz bo‘lgan olim Albert Eynshteynning yoshlik yillari og‘ir o‘tgan. O‘sha davrlarda ba’zi hukmron doiralar Eynshteynga nisbatan tazyiq o‘tkazishadi va oqibatda u bir muddat muhojirlikda umr kechirgan. Bu sinovlar uning yetuk olim bo‘lib yetishishiga to‘sqinlik qila olmadi. Eynshteyn optik tola va telekommunikatsiya tarmoqlarida, quyosh batareyalari rivojiga turtki bo‘lgan fotodiod qurilmasini yaratib, insonlar turmushini o‘zgartirib yuborgan. Buning uchun olim 1921-yilda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
Ma’naviyat xazinasidan Jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Uni qancha ko‘p o‘rgansak, bugun bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Shavkat MIRZIYOYEV Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur. Mahmudxo‘ja Behbudiy Ma’naviyat xazinasidan XIX asr oxiri – XX asr boshlarida O‘zbekistonning bir guruh ziyolilari o‘z yurtini rivojlantirish, taraqqiy ettirish yo‘lida ilm-fan va ma’rifatni qo‘llabquvvatladilar.Ular bu ijtimoiy-siyosiy va intellektual faol harakatlari tufayli «jadidlar» deb atalganlar. Jadidlar jamiyatda ma’rifatni targ‘ib qildilar, til va adabiyot, san’atni rivojlantirishga intildilar, ilm-fan yutuqlarini qo‘llashni yoqlab chiqdilar.
Jadidlar erkin va farovon jamiyatni qurish va bu jamiyatda ilm-ma’rifatni rivojlantirish yo‘lida yangi maktablar, gazeta va teatrlar tashkil qilganlar. Oradan uzoq yillar o‘tib, ularning orzu-istaklari ro‘yobga chiqdi. O‘zbekiston mustaqil va ilm-fan taraqqiy etayotgan davlatga aylandi. Jadid bobolarimizning nomlari qayta tiklanib, meroslari chuqur o‘rganilmoqda.
Bilasizmi? Buyuk vatandoshlarimiz, dunyo tanigan allomalarimiz – Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, Nasriddin At-Tusiy, Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Al-Koshiy, Muhammad Ali Qushchi va boshqalar hozirgi zamon hisoblash tizimini kashf etdilar, manfiy va irratsional sonlar bilan ishlash yo‘llari, ildiz chiqarish, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini topdilar.