Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə33/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Ona tilini yaxshi bilish insonga qanday imkoniyatlar beradi?
2. O‘z tilini yaxshi bilmagan inson nega o‘zga tilni o‘rgana olmaydi?
3. Chet tilini bilishning qanday yaxshi tomonlari bor?
4. Til o‘rganish inson hayotini qay darajada o‘zgartirib yuboradi?
5. Mahmud az-Zamaxshariyning arablar oldidagi xizmati nimada ekanligini bilasizmi?
Mulohaza uchun
Jahongir O‘zbekistonda tadbirkor sifatida tanilgan. Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to‘lash kerak – Jahongir yaxshi hayotga mashaqqatli mehnat va ilm evaziga erishdi. U bolaligidan mustaqil bo‘lishga, xususan, moliyaviy jihatdan qaram bo‘lmaslikka intilgan. Jahongirning orzusi – oilasi farovon va to‘kin yashashi edi. Hayot uni turli yo‘llar bilan sinadi. O‘quvchilik yillari maktabdan bo‘sh vaqtlari, ayniqsa, ta’til kunlarida u qiyinchilikdan cho‘chimadi, oz miqdorda bo‘lsa-da pul topib oilasiga ko‘maklashdi. Jahongir maktabda a’lo baholarga o‘qidi. 17 yoshida unda ajoyib g‘oya tug‘ildi – bo‘sh vaqtida bolalarga ingliz tilidan ta’lim berish. Aflotunning «O‘rgatib – o‘rganaman» degan mashhur fikri isbotini topdi. Tajriba va bilim birlashib, Jahongir talaba bo‘la turib 22 yoshida o‘z biznesiga asos soldi. Ammo bu muvaffaqiyat bilan birga kutilmagan sinovlar ham keldi.
Shu yili uning otasi qazo qildi, oila mas’uliyati yelkasiga tushdi, moliyaviy qiyinchiliklar boshlandi. Unda kuchli ishonch bor edi – mashaqqat imkoniyatning boshi, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, albatta quyosh chiqadi.
«Cambridge» o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov mashaqqatlarni tajriba deb biladi. Xato – to‘xtash uchun sabab emas, bu yana urinib ko‘rish uchun imkoniyat. U o‘zi qilayotgan ishni yaxshi ko‘rgani uchun undan huzurlanadi, har kuni 20 daqiqa mutolaa uchun vaqt ajratib, maqsadlarini tartiblab oladi. Yosh tadbirkorning fikricha, xorijga chiqqanda yangi g‘oyalarni o‘rganib, Vatanda tatbiq qilish kerak.

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin