Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy


Qo‘shimcha til bilish va yaxshi hayot



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə34/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

Qo‘shimcha til bilish va yaxshi hayot
Ali o‘z ona tilida ham, chet tilida ham ravon so‘zlasha oladi. Shuning uchun u yaxshi maoshli lavozimga ishga qabul qilindi. Vali esa vaqtinchalik taom yetkazib berish xizmatida ishlamoqda. Ali chet tilini bilgani uchun o‘zining tengdoshlaridan ikki baravar ko‘p maosh oladi. Chunki qo‘shimcha til bilgani uchun unga alohida maosh to‘lanadi.
Vali maktabda biron bir chet tilini o‘rganmaganidan afsusda. Ali ishlaydigan kompaniyadagi yoshlar mahalliy va xorijiy tillarni yaxshi biladilar. Natijada ular hamkorlar bilan til topishib, yirik bitimlar imzolashmoqda. Vali chet tilini yaxshi bilmagani uchun shahardagi o‘zi tanlagan xorijiy firmaga ishga kira olmadi.
Yaqinda Ali 7,5 ball bilan IELTS guvohnomasiga ega bo‘ldi. Endi unda dunyoning eng taniqli universitetlarida imtiyozli ravishda o‘qish imkoni bor. Raufxon bolaligidan kitoblarga mehr qo‘ydi, xorijiy tillarni o‘rgana boshladi. Ilk o‘qigan badiiy kitobi –«Robinzon Kruzo» unga bir haqiqatni anglatdi: qunt va harakat bo‘lsa, inson har qanday sharoitda ham muammolarni hal qiladi, maqsadiga yetadi. Kichik orzular kattalashib, ulkan maqsadlarga aylandi.
Ilm olamiga kirgach, Raufxon oldiga yuksak maqsad qo‘ydi – 40 yoshgahamjamiyati quloq tutuvchi jahon miqyosidagi olim bo‘lish. Yangi bilimlarni izlash, o‘zlashtirish uchun Raufxon ilmiy maqolalar yozadi. Til bilishi orqasidan jahonning taniqli olimlari bilan tillashadi, yangiliklarni kuzatib boradi. Uning hayotdagi shiori: «Nashr etish yoki halokat». Jahonning taniqli iqtisodiy nashrlari yosh olimning maqolalarini chop etadi, xalqaro ilmiy kengashlarda ular qizg‘in muhokama qilinadi.
Bilasizmi?
«Dunyo ilmiy hamjamiyati meni tinglaydi!»
O‘zbekistonlik iqtisodchi Raufxon Salaxo‘jayev 2017-yilda so‘nggi besh yil ichida jahondagi eng kuchli yosh iqtisodchilar yuztaligiga kiritildi. U 1987-yilda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tug‘ilgan. Mazkur reytingdan asosan Harvard, Yel universitetlari, London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari bitiruvchilari joy olib kelgan. O‘zbekistonlik olim mazkur reytingdan joy olgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi yagona iqtisodchi bo‘ldi.



Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin