E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: : qish manzarasi aks ettirilgan peyzaj asari.
Dars turi:Nona’naviy
Darsning borishi Darsning rejasi: 1. Sifat haqida ma'lumot.
2. Sifatning gapdagi vazifasi.
Dars boshlangach, o’qituvchi qish manzarasi aks ettirilgan rasmga. o’quvchilar diqqatini tortadi. Ularga tasviriy ifodalash uchun so’zlar topish buyuriladi. O’quvchilar quyidagicha so’zlarni aytishi mumkin: qish, go 'zal, oppoq qor, quvonch, bolalar va boshqalar. Shundan so’ng ularga kichik matn tuzish topshiriladi. Birinchilardan bo’lib topshiriqnibajaribbo’lgan 2-3 o’quvchining matni o’qittiriladi va baholanadi.
O’quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar beriladi:
1. Matningizda belgi bildiruvchi so’zlar bormi?
2. Ular qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
3. Rang bildiruvchi so’zlargamisol keltiring.
4. hajm-o’lchov bildiruvchi so’zlardan ayting.
5. Maza-ta'm bildiruvchi so’zlarga misol keltiring.
O’quvchilar javobidan so’ng nazariy ma'lumotlar berilishi mumkin.
Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa:Mustahkamlash
Sana:_________________ Sinf: ________________ Mavzusi: SON SO’Z TURKUMI Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad - son haqida ma'lumot berish, gapning tarkibidan son so’z turkumiga oid so’zni aniqlash malakalarini hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad - ijobiy sifatlarni rivojlantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad-ongli fikrlash qobiliyatlarini o’stirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: – mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .