Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori:Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu: 1-topshiriq. Quyidagi gaplarni solishtirib, nimasi bilan farqlanayotganini ayting.
Sharifa xat yozdi. Xat Sharifa tomonidan yozildi.
BILIB OLING. Bajaruvchisi noma'lum bo'lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe'l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga -n, -l; undosh bilan tugagan fe'l asosiga esa -in, -il qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi. O'zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O'zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma'lum bo'ladi. Solishtiring: tarandi— taraldi, kiyindi —kiyildi.