Fe'llarni toping, nisbatini aniqlang. Qor yog'ib turibdi. Yo'lning o'n besh chaqirimchasi huvillagan dalalardan o'tadi. Qor siyrak yog'ayotgani uchun uzoq-uzoqlar ko'rinadi, lekin bora-borguncha bironta tirik jon ko'zga tashlanmaydi. Shamol yo'q, jimlik, «tiq» etgan tovush eshitilmaydi. Qo'limda bir metr keladigan irg'ay tayoq. Belbog'imga bitta kulcha tugilgan. Egnimda otamning uzun chakmoni. Zerikkanimda qorga tayoq bilan chiziq chizib o'taman. (P. Qodirov) Avval o'zlik nisbatidagi fe'lli gaplarni, keyin majhul nisbatdagi fe'lli gaplarni yozing. 1. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy 1441-yilda tug'ilgan. 2. U yuziga belbog'ini tashlab, ko'rpachaga cho'zildi. (H. Badalov) 3. Hozirgi kunda milliy xalq hunarmandchiligiga katta e'tibor berilmoqda. («Odobnoma»dan) 4. Bir bor ekan, bir yo'q ekan, dunyoda hamma narsa yaratilgan ekan-u, ammo xushnavo bulbul yaratilmagan ekan. (Z Ibrohimova) 5. Ho'kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi. (Abdulla Qahhor) 1. Majhul nisbat shakli qanday hosil qilinadi?
2. O'zlik va majhul nisbat shakllari qanday farqlanadi?
3. Bir fe'l asosiga ham o'zlik, ham majhul nisbat qo'shimchasini qo'shish mumkin bo'lganda, qaysi qo'shimcha majhul nisbat shaklini hosil qiladi? Misollar bilan tushuntiring.
Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa:Mustahkamlash
Sana:_________________ Sinf: ________________ MAVZU:ORTTIRMA NISBAT Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.