Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə107/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

O’TIBDO’:------------------------Karimova.X.A
Sana:-------.2016-2O17

86-dars

Mavzu: Harakatni bildirgan so’zlar. 202-204-mashqlar.

Darsning maqsadi: a) o'quvchilarga harakatni bildirgan so’zlar haqida ma'lumot berish. O'quvchilarning lug'atini siniqib, davlat arbobi, iste’dod so'zlari bilan boyitish. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish;

b) ajdodlarimiz shaxsi asosida o'quvchilarni dovyurak, kuchli, sog'lom qilib tarbiyalash.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: muammoli metod.

Dars jihozlari: plakat

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Darsga tayyorgarlik ko’rish;

Darsning maqsadini aytish.

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash

Husnixat mashqlari.

Quyidagi to'rtlik doskadan husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko'chirib yoziladi:

G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,

El anga shafiq-u mehribon bo'lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,

Bulbulga tikandek oshiyon bo'lmas emish.

To'rtlik mazmuni yuzasidan suhbat.

2. Didaktik o'yin.

O'qituvchi shaxs-narsa nomini bildirgan so'zlar — ot, belgini bildirgan so'zlar — sifat, sanoqni bildirgan so'zlar — son, harakatni bildirgan so'zlar — fe'llardan aralash holda aytadi. Bolalar bu so'zlar nimani bildirishini kartochkalar orqali anglatadilar, ya'ni agar o'qituvchi narsa-shaxsni bildirgan so'zlardan aytsa, qizil rangli kartochkani, belgini bildirgan so'zlardan aytsa, sariq rangli kartochkani, sanoqni bildirgan so'zlardan aytsa, yashil rangli kartochkani, harakatni bildirgan so'zlardan aytsa, ko'k rangli kartochkani ko'taradilar. O'yin oxirida birinchi bo'lib kartochka ko'targan o'quvchilarning nomini aytib, ularni rag'batlantiradi, xatoga yo'l qo'ygan, ikkilangan o'quvchilarga shoshmaslik, o'ylab javob berish lozimligini uqtiradi.

III. Yangi mavzu bayoni.

1. Yangi mavzuni tushuntirish til materiallarini kuzatishdan boshlanadi. Doskaga darslikdagi 202- mashqda berilgan gaplar o’qittiriladi.

Topishmoqni ko’chirib yozish topshirig’I beriladi.

Harakatni bildirgan so’zlar topib, tagiga chizdiriladi.

203-mashqda Z.M.Bobur haqida ma’lumotlar beriladi.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin