Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə156/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Darsning borishi:

  1. Tashkliliy qism:

  2. Uy vazifasini tekshirish.

Darsning maqsadi bilan tanishtirish.

III. Rasmlar mazmuni yuzasidan suhbat. Hikoya tuzish va unga sarlavha tanlash (og'zaki).

1. O'quvchilar 1- rasmni ko'radilar. Bolalarga ism qo'yadilar. O'qituvchi savollariga javob beradilar.

— Qaysi fasl keldi? O'quvchilar maktab hovlisiga nima qilishni kelishib olishdi? Kim ko'chatni o'tqazishga yerni tayyorladi?

— Bahor fasli keldi. O'quvchilar maktab hovlisiga ko'chat o'tqazishni kelishib olishdi. Ozod ko'chatni o'tqazishga yerni tayyorladi.

O'quvchilar 2- rasmni ko'rib, savollarga javob beradilar.

— Kimlar ko'chatni o'tqazdilar?

— Ozod bilan Rajab ko'chatni o'tqazishdi.

Ular 3- rasmni ko'radilar va savolga javob beradilar.

— Bolalar ko'chat atrofini nima qilishdi?

— Bolalar ko'chat atrofini chiroyli qilib o'rab qo'yishdi.

2. Tuzilgan hikoyaga (matnga) sarlavha qo'yish.

O'quvchilar bir necha sarlavha aytishadi. Ulardan biri tanlanadi. Ko 'chat ekishdi.



IV. Rasmlar va savollar yordamida matnni qayta hikoyalash.

1. Qaysi fasl keldi?

2. O'quvchilar maktab hovlisiga nima qilishni kelishib olishdi?

3. Kim ko'chatni o'tqazishga yerni tayyorladi?

4. Kimlar ko'chatni o'tqazishdi?

5. Bolalar ko'chat atrofim nima qilishdi?



V. Ma 'lum tayyorgarlikdan so 'ng sarlavhani qo 'yib, matnni yozish.

VI. Yozilgan matnni tekshirish.

O'quvchilar awal xattaxtaga yozilgan savolni o'qiydilar, keyin unga yozgan javoblarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar. Xatoga yo'l qo'ygan bo'lsalar, uni to'g'rilaydilar.



VII. Darsni yakunlash.

VIII. Uyga vazifa. Rasmga qarab hikoya tuzing.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin