Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə164/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

121- DARS

Dars mavzusi. Nutq haqida umumiy tushuncha. Og‘zaki va yozma nutq (269-272-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta'limiy: nutq kishilar hayotida qanday vazifani bajarishi haqidagi tasavvumi shakllantirish, nutqdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nik-masini o‘stirish.

Tarbiyaviy: biror-bir kasbga boigan qiziqishni oshirish, katta-lami hurmat qilishga o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilaming og‘zaki va yozma nutqini ri-vojlantirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, taiimiy o‘yin.

Dars jihozi: darslik, rag‘batlantirish uchun kartochkalar, mav-zuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

II. Uy vazifasini tekshirish.

268-mashq tekshiriladi. Maqollarni o‘qib mazmunini tushuntirish hamda so‘zlarda hvax harflarining yozilishiga va tovush talaf-fuziga e’tibor berish so‘raladi.

Mehnat qilsang, ko ‘ksing tog’

Hurmat qilsang, diling bog’

Xalqqa xizmat - oliy himmat.

III. Yangi mavzu bayoni.

Darsning mavzusi va maqsadi bayon etiladi.

- O‘qing, bugun qaysi mavzuni o‘rgana boshlaymiz?

- Qanday savolga javob beramiz?

O‘quvchilar savolni o‘qiydilar.

- Nutq kishilarga nima uchun kerak?

(Nutq kishilarga shaxs va narsa haqida xabar berish yoki so‘rash uchun kerak.)

Ekranda 269-mashqdagi rasm beriladi. Rasm ostida savollar ovozli yozuv bilan birga paydo bo‘ladi.

269-mashq o‘quvchilarga tushuntiriladi.

Rasmga qarab hikoya tuzdiriladi, savollarga javob berish ke-rakligi aytiladi. O‘quvchilar “Qurilishda” mavzusidagi rasmni ko‘-radilar va savollarga javob beradilar:

- Bolalar qayerga bordilar?

- Quruvchilar nimalar quradilar?

Qurilish maydonida boigan bolalar, u yerda nimalami ko‘rgan-liklarini, quruvchilar nimalar qurayotganliklari haqida gapirib beradilar.

Boshqa bolalar qurilish haqida eshitganlari, televizorda yoki filmlarda ko'rganlarini so‘zlab berib, o‘rtoqlari hikoyasini toidira-dilar, savollarga bergan javoblarini yozadilar.

- Nutq kishilarga nima uchun kerak?

(Nutq kishilarga biror narsa haqida aytish (xabar berish) yoki so‘rash uchun kerak.)

Sizlar “Qurilishda” mavzusida savollarga javob berdingiz. Qurilish haqida ko‘rganlaringizni gapirib berdingiz. Bulaming barchasi nutq deyiladi.

Eshitilgan, gapirib hikoya qilib berilgan nutq bu og‘zaki nutq. Siz savollarga bergan javobingizni yozdingiz. Bu yozma nutq.

Nutq ikki xil: og‘zaki va yozma nutqqa boiinadi.

Kishilar gapirganlarida og‘zaki nutqdan, o'qiganlarida yoki yozganlarida esa yozma nutqdan foydalanadilar.

Ayting-chi, siz darsda qachon og‘zaki nutqdan foydalanasiz? Ekranda gaplar beriladi. 0‘quvchilar ustunda berilgan gap-lardan matnni topishlari kerak. 0‘quvchilar, qaysi ustunda matn berilganini topib, ustunlar ostidagi bo‘sh kataklardan birini belgilashlari lozim.

“Zukko kuzatuvchi” ta'limiy o‘yini.

O‘yin ishtirokchilari ikki guruhga boiinadi. Doskaga har bir guruh uchun ikkita rasm qo‘yiladi. 5 daqiqa davomida o‘quvchilar rasmni sinchiklab kuzatib, har bir qismini eslab qolishga harakat qiladilar. So‘ngra birinchi guruh rasmni shunday joylashtiradiki uni o‘z guruhi a’zolari ko‘rmasligi lozim. Birinchi guruh a’zolaridan o‘zlariga qo‘yilgan rasmni barcha qismlarini toiiq so‘rashadi. Ikkinchi guruhdan ham o‘zlarining rasmi haqida xuddi shunday so‘raladi. Berilgan savollar soni to‘g‘risida guruhlar avval kelishib oladilar. Qaysi guruh savollarga toiiq va aniq javob bersa o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi. Mashq ko‘z orqali idrok etishni, xotira esa nutqni rivojlantiradi.

270- mashq. Mashqni o‘qing, matn nima haqida ekanligini tushuntiring.

Odamlar juda qadim zamonlardan o'zaro munosobatlarda so'zlashishni o‘rganganlar. Bu og'zaki nutq deyilgan.

Yozuv paydo bo ‘Igach, odamlar fikrlarini yozganlar. Bu yozma nutq deyiladi.

271- mashq. Gaplami o‘qing. Matn nima haqida ekanligini tushuntiring. Mashqning tarbiyaviy tomoni yoritiladi:

- Kompyuter o‘yinlarini tanlab o‘ynash kerak.

- Mazmunli bilim beruvchi o‘yinlami o‘ynash lozim.

- Kompyuter yonida uzoq o'tirish sog‘liq uchun zarar.

Husnixat daqiqasi

Bosh “M” harfi uch unsurdan iborat bo‘lib, yozishda va bogiashda qo‘l harakati uzilmaydi.

Daftarga bir qator bosh “M” harfini va shu harf bilan bog‘langan so‘zlami yozadilar: Mannon, Munir a, Muhabbat.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin