(Kim?) O'quvchi mehnatni (nima qiladi?) sevadi.
(Nima?) Mehnat kishini (nima qiladi?) ulug'laydi.
263- mashq. O'qing.
Gapdagi so’zlarning bog’lanishini namunadagidek chizmada ko’rsating.
Namuna: Odob bozorda sotilmaydi. Do’st kulfatd bilinadi.
Qanoat qorin to’ydirar. Intizomli lashkar yengilmas.
5. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
264-mashq. Matnni o'qing.
O'quvchilar maktab hovlisiga gilos ko'chatini o'tqazdilar. Gilos mart oyida oppoq gulladi. Atrofga yoqimli hid tarqaldi. Gilos may oyida pishadi. Yosh bog'bonlar mehnatlari mevasidan yeydilar.
Matnni ko'chiring. Har bir gapdan shu gap kimlar yoki nima haqida aytilganini va ular haqida nima deyilganini bildirgan so'zlarni aniqlang, tagiga chizing.
6. Uyga vazifa:
266- mashq. Mazmunga mos so'zlarni nuqtalar o'rniga qo'yib, gaplarni ko'chiring.
8. O'quvchilarni reyting tizimi bo'yicha baholash.
118-dars
Mavzu: Rasmga qarab uch bo’limli hikoya tuzing. 267-268-mashqlar.
Maqsad. A) Ta’limiy: Matn qurilishi va bo'limlar orasidagi bog'lanishni hisobga olgan holda rasmlar va reja asosida matn tuzish:
B) Tarbiyaviy: o’zaro do’st, o’rtoq bo’lishga o’rgatish.
C) Rivojlantiruvchi: xatboshiga rioya qilgan holda matnni yozish ko'nikmasini o'stirish.
Dostları ilə paylaş: |