Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə161/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism:

Darsning maqsadini tushuntirish.

— Bugun sizlar rasmlarga qarab reja yordamida hikoya tuzish va uni yozishni o'rganasiz. Buni nima uchun bilish kerak?



II. Rasmlar va reja yordamida og'zaki hikoya tuzish. Hikoyaga sarlavha qo 'yish. 267- mashq.

1. O'quvchilar rasmlarni tartibi bilan ko'radilar. Rejani o'qiydilar va savollarga javob beradilar.

— Birinchi rasmni kuzating. Bolalar qayerga borishibdi? (Baliq oviga.) Ularning ismlari nima ekan? (Tolib va Murod.) Murod nima qilyapti? Tolib-chi? (Murod qarmog'ini tayyorlayapti. Tolib baliq ovlashga kirishdi.)

— Ikkinchi rasmga qarang. Qanday voqea ro'y berdi? (Tolib suvga tushib ketdi. U o'rtog'ini yordamga chaqirdi.)

— Uchinchi rasmni ko'ring. Murod nima qildi? (Murod o'rtog'iga yordam berish uchun o'zini suvga tashladi. U Tolibni suvdan olib chiqdi.)

2. O'quvchilar tartib bilan rasmlarni ko'rib va rejani o'qib qayta hikoya qiladilar.

Tolib va Murod baliq oviga borishdi. Tolib baliq ovlashga kirishdi. Murod qarmog'ini tayyorlayotgan edi. Tolib sirg'anib suvga tushib ketdi. U o'rtog'ini yordamga chaqirdi.

Murod o'zini suvga tashladi. Tolibni suvdan olib chiqdi.

Ana qarang, qanday inoq do'stlar ekan! Agar sizning o'rtog'ingizga yordam kerak bo'lib qolsa, siz nima qilar edingiz? (O'quvchilar javobi tinglanadi.) Juda soz, barakalla.

3. Hikoyaga sarlavha qo'yish.

Hikoyangizga qanday sarlavha qo'yish mumkin? («Inoq o'rtoqlar», «Sodiq do'st», «Baliq ovida»...)

III. Matnning har bir qismini to'g'ri yozishga mazmuniy-uslubiy va imloviy tayyorlash.

— Hikoyangiz nechta bo'limdan tuzildi? Nima uchun? (Hikoya uch bo'limdan tuzildi. Chunki hikoya uchta rasm va uch qismdan iborat rejaga qarab tuzildi.)



IV. Matnni tushuntirib yozdirish. Ayrim o 'quvchilarga alohida yordam berish.

O'quvchilar birinchi qatorga sanani, keyingi qatorga sarlavhani qo'yib, matnni yozadilar.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin