125- DARS
Mavzu. Xotira maydoni. 9- may — Xotira va Qadrlash kuni.
Maqsad. A) Ta’limiy: O'quvchilarning Xotira va Qadrlash kuni haqidagi tasavvurini aniqlash;
B) Tarbiyaviy: urush va mehnat faxriylariga nisbatan hurmat ruhini singdirish.
S) Rivojlantiruvchi: o'quvchilar nutqini o'stirish: lug'atini faollashtirish: nutqda gapdan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish;
Darsning metodi: tushuntirish, og’zaki hikoya, savol- javob.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar, kompyuter va slaydlar.
Darsning borishi.
I. Darsning maqsadi bilan tanishtirish.
II. Darsga kirish. 9-may – “xotira va qadrlash kuni” haqida tasavvur hosil qilish. Kompyuterdan ushbu sanaga bag’ishlangan video va slaydlarni qo’yib beraman.
II. Xotira va Qadrlash kuni haqida suhbat va gaplarni yozish.
1. Xotira va Qadrlash kuni haqida suhbat.
- Xalqlarimiz uchun 9- may nega juda qadrli?
U haqda siz nimalarni bilasiz?
2. 284- mashq matni ustida ishlash. Bu matn „kurash“ deb ataladi. Matn o'qilib, mazmuni so'zlatiladi. So'ng mashqning grammatik topshirig'i bajariladi.
3. 285- mashqda «Xotira maydoni» matni berilgan. Matn o'qitiladi. «Xotira maydoni» haqida o'quvchilar o'z bilganlarini qo'shib so'zlab beradilar. Mashqning grammatik topshirig'i bajariladi.
III. O'quvchilar yod olgan she'rlarini ifodali o'qiydilar.
IV. Darsni yakunlash.
V. Uyga vazifa. Xotira va Qadrlash kuni haqida 3 ta gap yozib kelish.
Dostları ilə paylaş: |