Darsning borishi.
Tashkiliy qism:
II. Uy vazifasini tekshirish.
Unli va undosh tovushlarni taqqoslash.
1. - Bahor so'zidagi unli tovushlarni ayting. Unli tovushning undosh tovushdan farqini izohlang.
2. O'yin: «Toping» («Aql bilan top!»)
Nargiza bitta unli harfli so'z yozdi. Keyin uni o'zgartirib, ikkita unli harfi bor so'z hosil qildi. Birinchi so'zda nechta bo'g'in bor edi, ikkinchi so'zda nechta bo'g'in bo’ldi? Buni qanday bildingiz? (So'zda nechta unli tovush bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi.) Masalan: ot —1 bo'g'in, ota — 2 bo'g'in.)
3.— Bir, ikki va uch bo'g'inli so'zlar tanlang va yozing.
Bu o'yinda o'qituvchi ajratgan vaqt ichida ko'p so'z tanlagan va uni yozgan o'quvchi g'olib bo'ladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
273-mashqdagi gaplar o’qittiriladi.
Zira –foydali o’simlik. U tog’larda o’sadi. Zira iyunda gullaydi.
Mevasi iyulda yetiladi. Ziraning mevasi juda xushbo’y bo’ladi.
Matn haqida tushuncha hosil qilinadi.
IV. Mustahkamlash.
274- mashq.
Rasmga qarab kichik hikoya tuzish.
V. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa. 276- mashq.
123- dars
Mavzu: Matn. 277-280- mashqlar.
Maqsad:
A) ta’limiy: matn haqida tushuncha berish, rasmga qarab matn yaratishga o’rgatish.
b) tarbiyaviy: faslllarning go’zalligini his qilishga o’rgatish;
c) rivojlantiruvchi: matn haqida bilimlarini amalda qo’llay bilishga o’rgatish.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.
Darsning uslubi: suhbat, tushuntirish, yarim izlanishli evristik metod.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish,
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Lug’at diktant.
Vatanimizni sevamiz, tinchlikni xohlaymiz, kitobni o'qidi, teatrni tomosha qildi, Ozodni ko'rdi, bayonni yozdi, dalani aylandi, changlarni artdi, qo'ylarni sug'ordi.
Uyga berilgan mashqni navbat bilan o’quvchilarga o’qittiraman. Savol- javob o’tkazaman.
III. Yangi mavzu bayoni.
277- mashq
Boyo’g’li bog’ va o’rmonlarda, dasht va cho’llarda uchraydi. U tunda kemiruvchilarni ovlaydi. Boyo’g’li – foydali qush.
Matn berilgan ustunni toping va uni yozing.
Dostları ilə paylaş: |