Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Parta, xattaxta, stol, stuljavon, daftar, ...)



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə70/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Parta, xattaxta, stol, stuljavon, daftar, ...)

- Derazadan maktab hovlisiga (ko'chaga) qarang. U yerda ko'ringan narsalarning nomini ayting. (O'quvchilar ko'rgan narsalarini aytadilar, lekin kishilarni aytmasliklari mumkin.) Hovlida kimlarni ko'ryapsiz? (O'quvchi, o'qituvchi, bola,...)

— Siz narsa va shaxslarning nomini aytish uchun nimadan foydalan-dingiz? (So'zlardan.) Narsalarni bildirgan so'zlardan beshtasini yozing. (So'z aytib turish bilan yozdiriladi.)

— Har bir narsaning o'z belgisi bor. (O'qituvchi biror narsani, masalan, qandni, olmani ko'rsatadi.)

— Bu nima? (Qand.) Qandning rangi qanaqa? (Oq.) Mazasi qanday? (Shirin.) Bu nima? (Olma.) Olmaning rangi qanaqa? (Qizil) Mazasi qanday? (Shirin.) Shakli qanaqa? (Dumaloq.) Olma nechta? (Bitta).

— Siz narsa-buyumning (qand, olmaning) belgisini (rangini, mazasini, shaklini) va sonini aytish uchun nimadan foydalandingiz? (So'zdan.) Demak, so'z narsa - shaxslarning belgisini va sonini bildiradi.

Narsalar (hayvonlar, jonivorlar, qushlar, ...) va kishilar (shaxslar) biror ishni yoki harakatni bajaradilar.

(Masalan, ot, o'quvchi rasmi ko'rsatiladi.) Ot nima qiladi? (Yuradi, tashiydi, chopadi.) O'quvchi nima qiladi? (O'qiydi, yozadi, so'zlaydi,...) Narsalar va kishilar bajargan ish-harakatni aytishda nimadan foydalandingiz? (So'zdan.) Demak, so'z narsa va kishilarning harakatini bildiradi.

— Odamlaratrof-muhitda mavjud bo'lgan hamma narsa-shaxslarni, ularning belgilari va harakatlarini juda e'tibor bilan kuzatadilar hamda ularning barchasiga nom qo'yadilar. Agar narsa va shaxslar so'z bilan atalmasa, biz bir-birimizni hech tushuna olmaymiz va har vaqt bir-birimizga o'sha narsa va shaxsni ko'rsatishimiz kerak bo'ladi. Bu bir-birimizning fikrimizni tushunishni juda qiyinlashtiradi. So'z nima? So'z nima uchun kerak?

O'quvchilar xulosani darslikdan o'qiydilar.



Ikkinchi usul. O'quvchilar sarlavha tagida berilgan savolga iavob berish uchun shu betda berilgan topshiriqlami bajaradilar, bir necha so'zni yozadilar, o'qituvchi yordamida xulosa chiqaradilar va darslikdagi xulosani o'qiydilar. 155- mashq.

IV. Mustahkamlash. So'z va gapning nutqimizdagi ahamiyatini taqqoslash.

O'quvchilar 136-137 — 138- mashqlarni bajaradilar, darslikdagi xulosa ustida ishlaydilar.



V. «Tilimizda so'zlar nima uchun juda ko'p?» savoliga birgalikda javob topish. (Atrofimizda har xil narsalar, o'simliklar juda ko'p, o'rmonlarda turli xil daraxt va hayvonlar, daryo va ko'llarda har xil baliqlar ko'p. ...Ularning hammasining nomi bor. Kishilarxilma-xil ish-harakatni bajaradilar. Bularning ham nomi bor. Har bir narsaning bir necha xil belgisi va soni, sanog'i mavjud, ularning ham nomi bor va boshqalar. Ana shular uchun ham tilimizda so'zlar juda ko'p.)

VI. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz?



VII. Uyga vazifa. 140- mashq.

So'z va gap haqida darslikdan o'qish, bilish. Tilimizda yangi so'zlar yaratiladimi? savoliga javob berishga tayyorlanish.




Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin