Darsning borishi.
I. Diktantning umumiy natijalarini eshittirish.
II. Xatolar ustida ishlash.
O'qituvchi so'zlarni to'g'ri yozishga oid qoidalarni eslatadi, o'quvchilar shu qoidaga oid yo'l qo'ygan xatolarini topadilar. Shu qoidani eslab aytadilar yoki qoidani darslikdan o'qiydilar, misollar yozadilar. (Mashqlar birgalikda bajariladi.)
1. Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlash.
2. Gapning oxiriga nuqta qo'yish.
3. Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf.
4. Hayvonlarga qo'yilgan nomni bosh harf bilan yozish.
5. Shahar, qishloq, ko'cha, daryoga qo'yilgan nomlarni to'g'ri yozish.
III. Gap tuzish.
Quyidagi so'zlardan ikkita gap tuzing va yozing:
yaqinlashdi, bahor, yoqimli.
chiqaryapti, kurtak, daraxtlar.
— Yozilgan gaplarning davomi bo'ladigan bir-ikki gap tuzing. (Mazmunga mos gapni izohlab yozdiriladi.)
IV. Uy vazifasini tekshirish.
V. Test savollari bilan ishlash.
VI. Darsni yakunlash.
- Xatolar ustida ishlash darsi nima uchun kerak? Xato ustida qanday ishlash lozim? (O'quvchilar bilganlaricha javob beradilar, o'qituvchi xulosalaydi.)
Dostları ilə paylaş: |