Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə75/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

III.Yangi mavzu bayoni.

O'qituvchi avval bitta, keyin ikkita va uchta qalamni ko'rsatib so'raydi.

— Bu nima? (Qalam.) Nechta qalam? (Bitta qalam.) Qalamning boshqacha nomi nima? (Narsa — buyum.) Bular nimalar? (Qalamlar.) Nechta qalam? (Ikkita, uchta.) Bitta qalam ko'pmi yoki ikkita (uchta) qalam ko'pmi? (Ikkita, uchta qalam ko'p.) Ko'p narsa — buyum haqida qanday so'raymiz? (Nimalar?)

Ruchka haqida ham shunga o'xshash suhbat o'tkaziladi.

O'quvchilar so'zlarni izohlab daftarga yozadilar.

Nima? Qalam, ruchka.

Nimalar? Qalamlar, ruchkalar.

O'qituvchi suhbatni umumlashtiradi.



Nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar bitta narsaning nomini bildiradi. Nimalar? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar bittadan ortiq (ikki va undan ko'p) narsalar nomini bildiradi.

Ikkinchi usul. Darslikda berilgan «Qaysi so'zlar nimalar? so'rog'iga javob bo'ladi?» so'rog'ini o'qitilib, birgalikda javob beriladi.

Birinchi rasmda (145- mashq) nimani ko'ryapsiz? (Lolani.) Lola haqida qanday so'raymiz? (Nima? Bu nima?) Uchinchi rasmda nimani ko'ryapsiz? (Lolalarni.) Lolalar haqida qanday so'raymiz? (Nimalar? Bular nimalar?)

So'zlar izohlab yozdiriladi.

Nima? Lola, terak.

Nimalar? Lolalar, teraklar.

O'qituvchi suhbatni umumlashtiradi.

IV.MUstahkamlash. darslikdagi mashqlar bajariladi.

3. O'quvchilar darslikdan xulosani o'qiydilar.



III. Kimlar?, nimalar? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar haqidagi tushunchani mustahkamlash.

146- mashqni bajarish.



IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni bilib oldingiz?

V. Uyga vazifa. 148- mashq.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin